|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 171/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASINarx vositasida raqobatlashuvda
kurashning asosiy usuli bo’lib ishlab
chiqaruvchilarning o’z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday
mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.
Uning asosiy va eng ko’p qo’llaniladigan ko’rinishi – «narxlar jangi» deb
ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish
uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo’llash
uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani
kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi
kerak bo’ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan
past bo’lib, mazkur tovar narxini pasaytirish imkonini beradi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri –
demping narxlarni
qo’llashdir
. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o’zlarining tovarlarini boshqa
mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past
bo’lgan narxlarda sotadi. Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga
erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo’qotish, yangi bozorlarga kirib olish va
unda o’zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi.
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan
chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo’shib berish,
muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida
raqobat qilish o’z o’rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birini o’z
mahsulotining narxini pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday xarakat
qilishiga olib keladi. Natijada firmalarning bozordagi mavqei o’zgarmay, faqat tarmoq
bo’yicha foyda hajmini kamaytiradi.
35
Abdullayev Yo. Bozor iqtisodiyoti asoslari: 100 savol va javob. – T.: «Mеhnat», 1997, 58-59-b.
|
| |