• Sof monopoliyada
  • Monopolistik raqobat
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet169/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    bir tarmoq ichidagi raqobatning
    to’rtta shakli alohida 
    ajratib ko’rsatiladi. Bular sof raqobat, sof monopoliya, monopolistik raqobat va 
    oligopoliyadir. 
    Sof raqobat
    sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’p 
    sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko’plab 
    sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. Ayni paytda, ushbu mahsulot 
    xaridor va iste’molchilarining soni ham juda ko’p bo’ladi. 
    Sof raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan nazorat o’rnata 
    olmaydi yoki nazorat sezilarsiz darajada bo’ladi. Chunki har bir korxonada umumiy 
    ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo’lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab 
    chiqarishning ko’payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga 
    sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi. 
    Sof raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud 
    bo’lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi 
    korxonalarning paydo bo’lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga 
    huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to’siqlar bo’lmaydi. 
    Sof monopoliyada
    tarmoq bitta firmadan iborat bo’lganligi sababli, u mavjud 
    mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakkahukmronlik 
    shakllanadi.


    165 
    Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. 
    Buning sababi oddiy bo’lib, u mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi 
    hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi. 
    Monopolistik raqobat
    o’z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini 
    oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o’nlab ishlab chiqaruvchilari bir-
    birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida 
    raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o’z mahsulotini 
    tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat 
    darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo’yicha farqlantirish orqali 
    uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.
    Oligopoliya
    – tarmoqda u qadar ko’p bo’lmagan korxonalarning mavjud bo’lishi 
    va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Qaysi tovarlar va 
    xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu 
    tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
    Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi 
    mumkin. Ko’pchilik sanoat mahsulotlari – po’lat, mis, alyuminiy, qo’rg’oshin, temir 
    va shu kabilar fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya 
    sharoitida ishlab chiqariladi. Iste’mol tovarlari – avtomobillar, kir yuvish vositalari, 
    sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar 
    tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi. 
    Oligopoliya sharoitida korxonalar o’rtasidagi raqobat o’zaro bog’liq bo’ladi. 
    Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o’zining narx siyosatini mustaqil 
    o’zgartirishga botina olmaydi.
    Biz qarab chiqqan raqobatning to’rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda 
    alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini batafsil o’rganish, 
    cheksiz ko’p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir xil tarmoqni 
    topish qiyinligini ko’rsatadi. 
    Hozirda turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular 
    o’rtasidagi raqobatning shakllari ham turli ko’rinishlarda namoyon bo’lib bormoqda. 
    Jumladan, 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish