|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 172/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASINarxsiz raqobat
shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy
omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko’rsatish, ishlab
chiqaruvchi firmaning obro’-e’tibori hisoblanadi.
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda
yashirin narx yordamidagi raqobat
ham
bo’lishi mumkin. Bunday holatda yangi tovarlar sifatining oshishi va iste’mol
xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro’y beradi.
Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko’payishi ularning sotishni
rag’batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni
keltirib chiqarmoqda. Iste’mol bozorlarida qo’shimcha xizmat ko’rsatish orqali
xaridorlarni o’ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki,
bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo’lishi, lekin turli-
tuman iste’mol xossalariga ega bo’lishi mumkin.
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo’lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar
tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari mumkin.
Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to’lanadi, uning qolgan qismi esa
shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda to’lanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda,
texnika va texnologiyaning
eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish
uchun kurash raqobatning asosiy
usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar
xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlariga
kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko’rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan,
kompyuter ishlab chiqaruvchi firma o’z mahsulotini shunchaki sotish bilan
cheklanmasdan, balki uni o’rnatib berish, korxona xodimlarini kompyuterdan
foydalanishga o’rgatish, kafolatlangan muddatda va undan keyingi davrda ta’mir
ishlarini bajarish, texnikaviy xizmat ko’rsatish kabilarni ham amalga oshiradi;
mahsulot xossa va o’lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi.
Narxsiz raqobat usullari ichida
marketing
muhim ahamiyatga ega bo’lib, u
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar
tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o’rgangan va
iste’molchilar ehtiyojlarini to’laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat
kurashida yutib chiqadi.
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o’zgartirish uchun o’zlarining
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar.
Shu sababli iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx barqarorligicha qolaveradi.
Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo’lgan sharoitda narxsiz raqobat muhim
o’rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini
oshirish, iste’molchilarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash yo’li bilan sotiladigan tovar
hajmini ko’paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kuchli bo’lganligi
sababli mahsulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta jihozlash va reklamaga zarur
bo’lgan mablag’ni sarflay oladilar.
|
| |