168
Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi
va raqobat muhitining
ta’minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish
sabablari va amal qilish
xususiyatlarini ko’rib chiqishni taqozo etadi.
Monopoliya tushunchasiga turli o’quv adabiyotlarida turlicha ta’rif beriladi.
Jumladan, ba’zi o’rinlarda uni «davlat, korxonalar,
tashkilotlar, sotuvchilarning
qandaydir xo’jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi»
36
sifatida qaralsa,
boshqa holatlarda «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har
qanday (ba’zi adabiyotlarda – yakka) hukmronlik holati»
37
deb ta’riflanadi. Bu
ta’riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki «har
qanday yoki yakka
hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli,
uni quyidagicha ta’riflash o’rinli deb hisoblaymiz:
monopoliya
– monopol yuqori
narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar,
bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi
yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari
38
.
«Monopoliya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni,
grekcha «monoc»
- yagona, bitta va «poleo» - cotaman) tarkib topsada,
biroq uning
iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to’planishi
hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning to’planishi
ishlab chiqarish vositalari, ishchi
kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda
to’planishini namoyon etadi.
Ishlab chiqarish to’planishining asosiy sababi bo’lib olinayotgan foyda hajmining
ko’payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko’paytirib borish maqsadida
tadbirkor olingan qo’shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya’ni
unga qo’shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa ba’zi
bir korxonalarning o’sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining
kengayishiga olib
keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy
birlashtirish, markazlashtirish tendentsiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab
chiqarish to’planishining moddiy asosi bo’lib kapitalning to’planishi va markazlashuvi
hisoblanadi.