164
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda,
bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o’rtacha sharoitda ishlab
chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining ahamiyatli qismini tashkil etadigan
tovarlarning qiymatiga mos keladi.
Tarmoq ichidagi raqobat natijasida texnika darajasi va mehnat unumdorligi
yuqori bo’lgan korxonalar qo’shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan
nochor korxonalar esa ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo’qotadilar va
zarar ko’radilar.
Tarmoqlararo raqobat
turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori
foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat.
Bunday raqobat
kapitallarning foyda normasi kam bo’lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori
tarmoqlarga oqib o’tishiga sabab bo’ladi. Yangi kapitallar ko’proq foyda keltiruvchi
sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko’payishiga olib keladi.
Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Kam
foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi:
bu yerda ishlab chiqarish hajmi o’zgaradi, tovarlarga bo’lgan talab ular taklif
qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko’tariladi, shu bilan birga foyda
normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat ob’ektiv ravishda qandaydir dinamik
muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaerga sarflanganligidan qat’iy
nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak,
tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda
normalarini o’rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi».
Iqtisodiy adabiyotlarda