• Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni
  • 8.1-chizma Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet166/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    iste’molchilar o’rtasida
    ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon 
    narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi 
    evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovarni 
    sotib olish uchun kurashadilar. 
    Shunday qilib, raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha 
    sub’ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. 
    Raqobat – bozor 
    sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular 
    o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni 
    anglatadi.
    Bu munosabatlarni qiymatning mehnat va naflilik nazariyalarini sintez qilish 
    usulini davom ettirgan holda quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin (8.1-chizma). 
    8.1-chizma
    Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari 
     
     
     
     
    Chizmadan ko’rinadiki, ishlab chiqaruvchilar sarflangan xarajatlarning har bir 
    birligi evaziga ko’proq foyda olish maqsadida raqobatlashadilar. Mana shu foyda 
    orqasidan quvish natijasida ular orasida tovarlarni sotish doiralarini kengaytirish, qulay 
    bozorlar, arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalariga erishish uchun 
    kurash boradi. 
    O’z navbatida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so’m xarajati 
    evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon, 
    sifatli tovar va xizmatlarga ega bo’lishga harakat qiladi. 
    Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida 
    erkin va mustaqil bo’lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Chunki har bir 
    mulk egasining o’z manfaati bo’lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk 
    egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga 
    bo’ysundirilgan bo’ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat 
    Ist
    е’molchi va xaridorlar 
    o’rtasida 
    Ishlab chiqaruvchi va 
    sotuvchilar o’rtasida 
    Raqobat 
    Ko’proq naflilikka
    erishish 
    Ko’proq foyda
    olish 
    Asosiy
    maqsadlari 


    163 
    qiluvchi sub’ektlar manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lishini aniq tavsiflaydi. 
    Raqobat mavjud bo’lishining boshqa sharti tovar-pul munosabatlarining ma’lum 
    darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir. 
    Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kengroq 
    namoyon bo’ladi. 
    Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib 
    ko’rsatish mumkin: 
    1)
    tartibga solish vazifasi; 
    2)
    resurslarni joylashtirish vazifasi; 
    3)
    innovatsion vazifa; 
    4)
    moslashtirish vazifasi; 
    5)
    taqsimlash vazifasi; 
    6)
    nazorat qilish vazifasi. 
    Raqobatning

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish