158
uning har bir elementi narx bilan chambarchas bog’liqdir. Ayniqsa narxning talab va
taklif hajmiga ta’siri hamda ularning o’zaro aloqadorligi bozor iqtisodiyoti sharoitida
ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning faoliyatini belgilab beradi.
2.
Talab – ehtiyojning pul bilan ta’minlangan qismidir. Talab qonuniga muvofiq
narxning o’sib borishi talabning qisqarishiga olib keladi,
talabning kengayishi esa
narxning o’sishiga olib keladi. Shuning uchun narx (mustaqil o’zgaruvchi) bilan talab
(tobe o’zgaruvchi) o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud.
3.
Talab ikki xil yo’nalishda o’zgaradi: biri talab hajmining o’zgarishi bo’lib,
talab egri chizig’i bo’ylab harakatlansa, ikkinchisi talab xususiyatning o’zgarishi
bo’lib, talab egri chizig’ining o’zini o’ngga-yuqoriga yoki chapga-pastga qarab
siljitadi.
4.
Taklif ishlab chiqaruvchilarning bozorga sotishga chiqargan tovarlari miqdori
bo’lib, tovarlar miqdori ishlab chiqarish bilan belgilanadi, ammo aynan unga bog’liq
emas, chunki zaxira, eksport va import omillari ham
taklif qilinadigan tovarlar
mikdoriga ta’sir ko’rsatadi. Taklif bilan narx o’rtasida to’g’ri bog’liqlik mavjud,
narxlarning o’sishi taklifning o’sishiga olib keladi va aksincha.
5.
Talab va taklifning o’zaro ta’siri natijasida bozor muvozanati vujudga keladi.
Bozor muvozanati – talab hajmining taklif hajmiga mos kelishidir. Bunday mos
kelishlik bozorda muvozanatli narxni yoki bozor narxini shakllantiradi.
6.
Bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatni
farqlash zarur. Bir zumlik muvozanat uchun taqdim
qilinadigan tovarlarning
o’zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez,
birdaniga moslasha olmasligi bilan bog’liq. Qisqa davrli muvozanat vaqtinchalik amal
qiluvchi omillardan foydalanish asosida ishlab chiqarish va taklifni ko’paytirish
imkoniyatini taqozo qiladi.Uzoq davrli muvozanatga erishish uzoq muddatli davrdagi
omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bular ishlab chiqarishni qayta qurollantirish,
yangilash va qo’shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog’liq investitsiyalarni
amalga oshirish, shuningdek, yangi korxonalarni qurishdan iborat.
7.
Xo’jalik amaliyoti uchun bozor sub’ektlarining narx o’zgarishiga bo’lgan
munosabatini ifodalovchi talab va taklif egiluvchanligi
tushunchasi muhim ahamiyat
kasb etadi. Talab egiluvchanligi ko’rsatkichi asosida ishlab chiqaruvchilar yalpi
tushum miqdorini oson aniqlab olishlari mumkin. Agar talab egiluvchan bo’lsa, narx
bilan yalpi tushum qarama-qarshi tomon harakatlanadi, talab noegiluvchan bo’lsa
harakat bir tomonlama bo’ladi.
8.
Iste’molchining bozordagi xatti-harakati so’nggi qo’shilgan naflilik
nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. So’nggi qo’shilgan
naflilik pasayib borish tendentsiyasiga ega bo’lib, bu iqtisodiy
tamoyil sifatida ifoda
etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan yakka
iste’molchining holatidan kelib chiqilsa, ne’matlarni iste’mol
qilish hajmining
ko’payib borishi bilan, ma’lum vaqtdan boshlab, muayyan ne’matning navbatdagi
birligini iste’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilik oldingisiga
nisbatan kamayib
boradi.
Iste’molchi tomonidan o’zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining
baholanishi iste’molchining afzal ko’rishi deyiladi.