|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 160/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIBefarqlik kartasi
V
S
V
A I
3
I
2
I
1
0 A
Ehtiyojlarning har bir darajasiga ko’ra cheksiz befarqlik egri chizig’i mavjud
bo’lishi mumkin. Biz sodda ko’rinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu uch
egri chiziq tovarlar to’plamining ranjirovkasi (tartibini) ta’minlaydi. Ranjirlash
to’plamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo’naltirilgan
tartibda qo’yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir to’plamning boshqa biridan nechog’liq
afzalligini ko’rsatib bera olmaydi.
Iste’molchi hatti-harakatini tushunishda
iste’molchi
budjetining cheklanganligi
muhim ahamiyat kasb etadi. Budjet cheklanganligi iste’molchining muayyan pul
daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u yoki bu turdagi
tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati orqali ifodalanadi.
Iste’molchi budjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi tovarni sotib olishning
turli kombinatsiyalarini ko’rsatuvchi
budjet chizig’i
shaklida ham aks ettirish
mumkin.
Iste’molchi budjeti chizig’ining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxining
o’zgarishi ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Misol uchun, iste’molchi daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A tovar
yoki 10 birlik V tovar sotib olish mumkin bo’lsin. Birdaniga sotib olinishi mumkin
bo’lgan har ikkala tovarning turli kombinatsiyalari G budjet chizig’ida joylashadi.
Agar iste’molchining daromadi 2 barvar oshsa, u holda uning budjet chizig’i ham
tegishli ravishda G
1
holatiga siljiydi. Aksincha, daromadning kamayishi, budjet
chizig’ining ham qisqarishiga va G
2
holatiga siljishiga olib keladi(7.6-chizma).
|
| |