• 2) talab yoki taklif egiluvchanligi koeffitsienti 1 ga teng (E T, E Tf =1).
  • 3) talab yoki taklif egiluvchanligi koeffitsienti 1 dan kichik (E T, E Tf
  • 4. Iste’molchi xatti-harakati nazariyasi
  • ) talab yoki taklif egiluvchanligi koeffitsienti 1 dan katta (E




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet156/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    1) talab yoki taklif egiluvchanligi koeffitsienti 1 dan katta (E
    T, 
    E
    Tf
    >1). 
    Bunday 
    talab yoki taklif «egiluvchan» yoki «nisbatan egiluvchan» deb ataladi. U talab yoki 
    taklif etilayotgan tovar miqdorining foizdagi o’zgarishi narxning foizdagi o’zgarishiga 
    qaraganda ahamiyatli darajada ro’y berishini anglatadi; 
    2) talab yoki taklif egiluvchanligi koeffitsienti 1 ga teng (E
    T, 
    E
    Tf
    =1).
    Bunday 
    talab yoki taklif «birga teng egiluvchan» deb ataladi. U talab yoki taklif etilayotgan 
    tovar miqdorining foizdagi o’zgarishi narxning foizdagi o’zgarishi bilan teng borishini 
    anglatadi; 
    3) talab yoki taklif egiluvchanligi koeffitsienti 1 dan kichik (E
    T, 
    E
    Tf
    <1).
    Bunday talab yoki taklif «noegiluvchan» yoki «nisbatan noegiluvchan» deb ataladi. U 
    talab yoki taklif etilayotgan tovar miqdorining foizdagi o’zgarishi narxning foizdagi 
    o’zgarishiga qaraganda ahamiyatsiz darajada ro’y berishini anglatadi. 
    Tovarlarning talab yoki taklif bo’yicha egiluvchanlik darajasini bilish real 
    hayotda ularning narx strategiyasini ishlab chiqish hamda tovar sotishdan olinadigan 
    yalpi daromadni eng yuqori hajmiga yetkazishda ham muhim rol o’ynaydi. 
    4. Iste’molchi xatti-harakati nazariyasi
    Hozirda iqtisodiyot nazariyasiga oid ko’plab darslik va o’quv qo’llanmalarda 
    bozor talabining shakllanishi va namoyon bo’lishini iste’molchining xatti-harakati 
    orqali tushuntirishga harakat qilinmoqda. Bunda oldindan g’arb adabiyotlarida mavjud 
    bo’lib kelgan turli nazariyalardan foydalanib, iste’molchi hatti-harakati nazariyasi 
    alohida yo’nalish sifatida bayon etilmoqda
    34
    . Talabalarni mazkur nazariyaning 
    mohiyati bilan tanishtirish maqsadida uning asosiy tushunchalarini ko’rib chiqamiz.
    Iste’molchining bozordagi xatti-harakati so’nggi qo’shilgan naflilik nazariyasi 
    hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Co’nggi qo’shilgan naflilik 
    nazariyasining mazmuni bilan 4-mavzuda batafsil tanishib chiqqan edik. Bu nazariya 
    yordamida iste’molchining manfaati nuqtai-nazaridan uning afzal ko’rishi qoidalari 
    bayon etiladi. 
    Agar naflilikka iste’molchi o’lchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron-bir 
    ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ) talab yoki taklif egiluvchanligi koeffitsienti 1 dan katta (E

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish