• 3. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari.
  • 4. Vaqt omili.
  • Tovar qiymatining iste’molchi daromadidagi salmog’i




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet154/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    2. Tovar qiymatining iste’molchi daromadidagi salmog’i. 
    Iste’molchi 
    daromadida tovar qiymati qanchalik katta o’rinni egallasa, unga talab shunchalik 
    yuqori egiluvchan bo’ladi. Masalan, daftar yoki qalam narxining 10 foizga o’sishi bir 
    necha so’mni tashkil qiladi va bu talab qilinayotgan tovar miqdorida juda kam 
    o’zgarish bo’lishiga olib keladi. Shu bilan birga, avtomobil yoki uy narxining 10 
    foizga o’sishi bir necha million so’mni tashkil qilishi mumkin. Narxlarning bunday 


    150 
    oshishi juda ko’p oilalar bir necha yillik daromadining katta qismini tashkil qiladi va, 
    aytish mumkinki, bu sotib olinadigan mahsulot miqdorini sezilarli ravishda 
    kamaytiradi. 
    3. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari. 
    Zeb-ziynat buyumlariga talab 
    odatda egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi. 
    Masalan, non va elektr energiyasi zaruriy iste’mol buyumlari hisoblanadi, shu sababli 
    ular narxining oshishi non yoki elektr energiyasini iste’mol qilishning keskin 
    kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa tomondan, zeb-ziynat buyumlariga narxlar 
    oshganda ularni osonlik bilan iste’moldan chiqarib tashlash mumkin. 
    4. Vaqt omili. 
    Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig’i qancha uzoq bo’lsa, 
    mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo’ladi. Masalan, agar mol go’shtining narxi 
    10%ga ko’tarilsa, iste’molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. 
    Lekin bir qancha vaqt o’tishi bilan u o’zining moyilligini tovuq go’shti yoki baliqqa 
    o’tkazishi mumkin.
    Shuningdek, daromad bo’yicha talab egiluvchanligi ham mavjud. Daromadlar 
    ko’payishi bilan tovar va xizmatlarga bo’lgan talab ham oshadi. Bundan ko’rinadiki, 
    daromad talabga ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir darajasini aniqlash uchun daromad 
    bo’yicha talab egiluvchanligi ko’rsatkichidan foydalaniladi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tovar qiymatining iste’molchi daromadidagi salmog’i

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish