• Befarqlik egri chizig’i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi iste’mol to’plamlari yig’indisini namoyon etadi. Ya
  • iste’molchining muvozanatli holatini




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet159/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    iste’molchining muvozanatli holatini
    ifodalaydi. 
    Iste’molchi o’zining o’z didi va ruhiyatiga ko’ra turli xil tovarlar to’plamini 
    ma’qul ko’rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma’lum bir to’plamini boshqa biriga 
    taqqoslab ko’radi. Iste’molchi tanlovini tushuntirishda befarqlik egri chizig’i muhim 
    rol o’ynaydi.
    Befarqlik egri chizig’i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini 
    ta’minlovchi iste’mol to’plamlari yig’indisini namoyon etadi. Ya
    ’ni, iste’molchi 
    uchun befarqlik egri chizig’ida joylashgan tovarlar to’plamini tanlashda farq mavjud 
    bo’lmaydi.
    Befarqlik egri chizig’i pasayib boruvchi ko’rinishda bo’ladi. Befarqlik egri 
    chizig’ining pasayib borishi shu bilan izohlanadiki, tanlanishi lozim bo’lgan har ikkala 
    tovar ham iste’molchi uchun nafli hisoblanadi. Shunga ko’ra, bir tovarlar to’plami 
    (masalan, A)dan boshqa bir tovarlar to’plami (masalan, V ga) tomon harakat qilib
    iste’molchi naflilik miqdorini oshiradi. Biroq, ayni paytda xuddi shuncha miqdordagi 
    naflilikka ega bo’lgan A tovardan voz kechadi. Qisqasi, V tovar qanchalik ko’p bo’lsa, 
    A tovar shunchalik oz bo’ladi, chunki A va V tovarlar o’rtasida teskari aloqa mavjud. 
    O’zgaruvchilari o’rtasida teskari aloqa mavjud bo’lgan har qanday egri chiziq esa 
    pasayib boruvchi ko’rinishda bo’ladi. 
    Agar iste’molchining A va V tovarlarning barcha to’plamlari bo’yicha afzal 
    ko’rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, 
    befarqlik kartasi
    hosil bo’ladi. Har bir 
    befarqlik egri chizig’i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to’plamini 
    ifodalaydi. 7.5-chizmada befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta 
    befarqlik egri chizig’i tasvirlangan. I
    3
    befarqlik egri chizig’i ehtiyojlarni 
    qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi. 
     
     
     
    7.5-chizma


    155 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish