salbiy tomoni sifatida quyidagi jixatlarni ko’rsatish mumkin:
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning yuqori
foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida narxlarni
ko’tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo’lmagan turlarini, past texnikaviy
darajasini, past sifati hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali
namoyon bo’ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot
samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi.
Monopoliyalar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona
tanlov imkoniyatidan mahrum bo’ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan
asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini
pasaytirib, ba’zi hollarda xonavayron bo’ladilar. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib,
ishsizlik va inflyatsiya o’sadi, xo’jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiyat boyligi
resurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo’lga kiritilishi mumkin
bo’lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi;
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi. Bu holat ham narxlarning
monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog’liq
bo’lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi;
3) iqtisodiy turg’unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi. Bunday
holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari
hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo’shimcha urinishlarsiz o’zlarining
bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa ularni ishlab chiqarishni
173
ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot
sifatini oshirish, uning assortimentini kengaytirish, FTTni rivojlantirish va xaridorlar
manfaatlari to’g’risida qayg’urish kabi xatti-harakatlardan qaytaradi;