174
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr
davomida, o’z-o’zidan, evolyutsion yo’l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin
raqobat muhitini keltirib chiqargan.
Iqtisodiyotda monopollashuv printsiplari kuchayib borishi bilan raqobat
cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham
qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi
siyosatida o’z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning
monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat
muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash,
raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan
mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog’lom raqobatga shart-sharoit
hozirlash, iqtisodiy sub’ektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka
jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning
muhim jihatlari hisoblanadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugungi kunda «...
kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ob’ektiv shart
qilib qo’ymoqda. Bu borada ham juda ko’p yechilmagan muammolar bor. Ya’ni, eski
ma’muriy-taqsimot tizimi qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga
aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni
ta’minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to’laqonli bozor
infratuzilmasini shakllantirish yo’lidagi mavjud g’ov-to’siqlarni bartaraf etishimiz
zarur».
Bugungi kunda O’zbekistonda ham uyushmalar, kontsernlar, korporatsiyalar,
kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo’lib, ular ko’pincha tarmoq
vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo’ladilar. Mahsulot va xomashyolarning
alohida turlarini limit va fond ko’rinishida taqsimlashning eskicha tizimi, shuningdek,
biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi
mavjud ma’muriy to’siqlar monopolistik tendentsiyalarga ko’proq imkon yaratadi.
…Shu bilan birga, ayrim tarmoqlarda iqtisodiyotning monopollashuvi asossiz
ravishda yuqori darajada saqlanib qolayotgani ishlab chiqarish hajmining o’sishiga,
mahsulot sifati va raqobatbardoshligining ortishiga, narxlarning pasayishiga hamon
to’sqinlik qilmoqda.
Jumladan, shular qatorida sement, shifer, polietilen, yengil va yog’-moy sanoati
mahsulotlari va boshqa bir qator tovarlarga bo’lgan ehtiyojni qondirish imkoniyati
nisbatan cheklangan holda saqlanib qolmokda.
Shunga ko’ra, O’zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun
quyidagilar bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi: