179
2.
O’z miqyosiga ko’ra raqobat eng avvalo ikki turga – tarmoq ichidagi
raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo’linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq
ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida ajratilib ko’rsatiladi. Bular sof raqobat,
monopollashgan raqobat, sof monopoliya va oligopoliyadir.
3.
Sof raqobat va sof monopoliya real hayotda kam uchraydi. Hozirgi zamon
bozor iqtisodiyotining holatini monopollashgan raqobat va oligopoliya tavsiflaydi.
Monopollashgan raqobatda juda ko’p mayda firmalar tomonidan turli-tuman
tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqariladi, shuning uchun sohaga kirish qiyin emas.
4.
Raqobat – xo’jalik yuritishning asosiy usuli hisoblangani uchun raqobat
muhitining shakllanishi bozor iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga bog’liqdir.
Raqobat muhiti deb bozor munosabatlari ishtirokchilarining xo’jalik yuritishda teng
imkoniyatlarni ta’minlaydigan iqtisodiy, qonuniy, tashkiliy va siyosiy sharoitlar
majmuasiga aytiladi. Raqobat muhitining mavjudligi – alohida olingan firmaning
bozor sharoitida erkin harakat qilib xukmronlik mavqeiga erishishiga halaqit beruvchi
asosiy omildir.
5.
Monopoliyani tartibga solish – miqdoran hisoblash imkoniyati kam bo’lgan
juda murakkab jarayondir. O’zbekistonda davlatning monopoliyaga qarshi chora-
tadbirlari nafaqat monopoliyani cheklash, balki monopoliyadan chiqarish jarayoni
bilan uzviy ravishda olib borilmoqda. Juda ko’plab tarmoqlarda xukmron mavqega
ega bo’lgan korxonalar (ular yagona korxona-tarmoq sifatida ish yuritishar edi)
xususiylashtirilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi va natijada tarmoqda raqobat
muhiti shakllantirildi.
6.
Davlatning monopoliyaga qarshi qonunchiligi raqobatlashuvchi sub’ektlar
ishchanligini susaytirmaydigan darajada yetarlicha moslashuvchan bo’lishi darkor.