Narxning mazmuni va uning vazifalari




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

1. Narxning mazmuni va uning vazifalari 
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o’zlarining namoyon bo’lishini narxda 
topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa 
iste’molchilarni rag’batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal 
qiladi. 
Tovarning bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan, lekin doimo bir-birini taqozo 
etadigan, birisiz ikkinchisi bo’lmaydigan ikki xususiyatga, ya’ni ma’lum bir naflilikka 
(iste’mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki xususiyat 
birligidan iborat ekanligi o’quvchiga oldingi mavzulardan ma’lumdir. 
Oldingi o’rinlarda
 
biz tovarning qiymati har qanday sarflarni emas, balki mavjud 
sharoitda shu tovarni ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish, ya’ni 
ijtimoiy-zaruriy naflilikni yaratish uchun zarur bo’lgan ijtimoiy zaruriy sarflarni ifoda 
etishini aytib o’tgan edik. Narxlar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil 
xususiyatning, ya’ni ijtimoiy qiymat va ijtimoiy naflilik birligini, bunda iste’mol 
qiymat (naflilik) qiymatni o’zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini to’g’ri hisobga 
olmaslik natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar tomonidan turlicha 
aniqlanmoqda va unga turlicha ta’rif berilmoqda. 
Buning ustiga narxning darajasiga (yuqori yoki past bo’lishiga), uning 
o’zgarishiga turli xil omillar ta’sir qiladiki, bu ham masalani to’g’ri tushunishni bir oz 
chigallashtiradi. 
Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g’oyalarida hamda 
oldingi siyosiy iqtisod darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan 
bo’lsa, marjinalizm yo’nalishidagi va hozirgi davrdagi P.Samuelson, K.Makkonnell va 
S.Bryularning «Ekonomiks» darsliklarida, shuningdek, yaqinda chop etilgan ayrim 
iqtisodiyot nazariyasi darsliklari va o’quv qo’llanmalarida tovar narxining asosini 
uning nafliligi, aniqroq aytganda, qo’shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi deyiladi. 
Bunda so’nggi qo’shilgan miqdor nafligiga alohida e’tibor beriladi. 
Uchinchi guruh olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. 
Ularning har biri o’zlaricha turli dalillar topib, o’z g’oyalarini isbotlashga harakat 
qiladilar. 
Rosiyada chop etilgan bir qator «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida tovarning 
ikki xil xususiyati va binobarin, har ikki nazariyaning mohiyati, mazmuni va ularning 
narxni to’g’ri aniqlashdagi roli beriladi, lekin narxning asosida nima yotishi haqida 
aniq fikr berilmaydi. 


183 
Alohida tovarlarga qilingan mehnat sarflari turlicha bo’lib, ulardan ayrimlari 
ijtimoiy mehnat sarfi sifatida to’liq tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi 
esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, bozordagi mavjud 
narxlarga mehnat sarflari yoki qiymatning aynan o’zi deb qarash noto’g’ridir. Chunki 
unga mehnat sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada narx qiymatdan past 
yoki yuqori bo’lishi mumkin. 
Jumladan, o’zgarib turuvchi talab va taklif ta’siri ostida biror tovarning bozor narxi 
tebranib, uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi mumkin. Raqobat ham 
qiymat – narx nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta’sir ko’rsatadi. Bu yerda shuni 
ta’kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib olishda, nafaqat uning qancha 
turishini, balki mazkur tovarning iste’mol xususiyatlari o’zining ehtiyoji va didiga 
qanchalik mos kelishini, ya’ni uning nafliligini ham hisobga oladi. 
Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki 
jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni 
bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o’zi biror tovar (xizmat) 
ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qimmatga egaligini ko’rsatadi. Shu mulohazalardan 
kelib chiqib aytish mumkinki, 

Download 8,58 Mb.
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Narxning mazmuni va uning vazifalari

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish