narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. Bu yerda shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, narxda alohida olingan ishlab
chiqaruvchilarning individual sarflari emas yoki alohida olingan individual shaxslarning
psixologik jihatdan naflilikka bergan bahosi ham emas, balki jamiyat tomonidan tan
olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur bo’lgan miqdorda va sifatda yaratilgan
va tan olingan ijtimoiy naflilik (iste’mol qiymat) o’z ifodasini topadi. Tovarlar va
xizmatlar uchun qilingan ijtimoiy sarflarning asosli ravishda o’sishi yoki tovar va
xizmatdagi sifat ko’rsatkichlarining o’sishi ushbu tovar narxining oshishiga olib keladi.
Masalan, avtomobil dvigatelida ot kuchining oshishi, saloni, boshqaruv tizimi va
tezligida bo’lgan o’zgarishlar uning narxi oshishiga sabab bo’ladi. Chunki shu
o’zgarishlar bilan bir vaqtda unga sarflangan xarajatlar ham oshgan bo’ladi. Bunday
ikki tomonlama o’zgarishlar natijasida narxlarning o’zgarishi hamma tovarlar va
xizmatlarga xosdir. Narx tovar va xizmatlardagi ikki xususiyatning puldagi ifodasi
sifatida, ularning o’zgarishi natijasida o’zgaradi.
Shuning uchun real hayotda turli tovarlar va xizmatlardagi ikki xil xususiyat
o’zgarishlari ularning hajmini hisoblashda ikki xil narxda hisobga olinadi (9.2-
chizma).
9.2-chizma Tovardagi ikki xil xususiyatni ifodalovchi narxlarning mahsulot hajmini hisoblashda qo’llanishi Ijtimoiy nafliligi
O’zgarmas yoki qiyosiy
narxlarda
R
еal mahsulot, yaratilgan
tovar va xizmatlar summasi
Yaratilgan tovar
va xizmatlar
Yaratilgan tovar va
xizmatlar qiymatini
hisoblash
Tovar va xizmatlarning
puldagi ifodasi
Ijtimoiy
qiymati
Joriy, ya’ni o’zgaruvchi
narxlarda
Nominal mahsulot, ya’ni
tovar va xizmatlarning joriy
narxdagi qiymati
185
Narxning mazmunini to’laroq tushunishda, uning darajasiga ta’sir etuvchi
omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari bo’lib qiymat yoki
ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif
nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar
ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo’lib xizmat qiladi
(9.3-chizma).