|
Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi Pdf ko'rish
|
bet | 191/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIMuvozanatlikni ta’minlash vazifasi.
Bunda narx bozorda talab va taklifning
hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi.
Bozor narxi
– bu muvozanatlashgan narx bo’lib, u birinchidan, tovarlarning sotilishi
ta’minlaydi, ikkinchidan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltirmaydi.
2.
Qiymat va naflilikni o’lchash vazifasi.
Narx qiymat va naflilikning puldagi
ifodasi deb aytamiz, chunki qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki
zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining
natural ko’rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m
2
, m
3
, kvt-soat va hokazo). Bu
ko’rsatkichlarni shu holicha taqqoslab, umumiy ko’rsatkichga keltirib bo’lmaydi.
Barcha natural ko’rsatkichlarning umumiy o’lchovi ularning pulda ifodalangan
narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qo’llaniladi.
Joriy narxlar
amaldagi narxlar bo’lib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish
natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil (bazis yil) asos qilib olinib,
ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan
taqqoslanadi. Ya
lpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shu kabi
ko’rsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Chunki joriy narxlar
inflyatsiya tufayli o’zgarishi va real iqtisodiy natijani ko’rsatmasligi mumkin.
3.
Tartibga solish vazifasi.
Bozor holati (kon’yunkturasi) talab va taklif hamda
ularning nisbatiga bog’liq. Talabning ortishi muayyan tovarni ishlab chiqarishni
kengaytirishni, askincha holatda esa tovar ortiqchaligini, uni ishlab chiqarishni
qisqartirish zarurligini bildiradi. Narx tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga ularning
daromadlari orqali ta’sir ko’rsatadi. Muayyan ishlab chiqarish xarajatlari saqlangan
holda narx yuqori bo’lsa, foyda miqdori ortadi, narx tushsa, foyda kamayadi va hatto
ishlab chiqaruvchilar zarar ko’rishi ham mumkin. Bu ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga
ta’sir ko’rsatadi. Narx oshsa, ishlab chiqarish kengayadi. Boshqa kapitallar ham foyda
yuqori bo’lgan soha va tarmoqlarga oqib kela boshlaydi. Xullas, narx ishlab
chiqarishni tartibga solib, uni o’zgartirib turadi va rivojini ta’minlaydi.
4.
|
| |