188
kiyish, yangi modeldagi avtomashinada yurish – martabali yoki obro’talab iste’mol
hisoblanadi. Martabali iste’mol nufuzli narxlarni yuzaga keltiradi. Ular odatdagi
narxlardan ancha yuqori bo’ladi. Nufuzli narxlarni qo’llashda tovarlarni ishlab
chiqarish xarajatlari va rentabellik darajasi, bozordagi talab, uning o’zgarishi va
bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. Shunga qarab,
ma’lum davrgacha
o’zgarmaydigan qat’iy (standart) narx va o’zgaruvchan narx qo’llaniladi.
Sh
unday tovarlar borki, iste’molchilar ularning narxi o’zgarmasligini afzal ko’radi.
Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati tariflari shunday narxlar jumlasiga
kiradi.
Erkin bozor narxi – bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor
narxidir.
Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda erkin narx jamiyat
va bozor munosabatlari barcha sub’ektlari manfaatlarini eng maqbul tarzda
uyg’unlashtirishga imkon beradi.
Narx diapazoni
narxlar oralig’ining puldagi ifodasidir.
Narx diapazoni quyi,
o’rta va yuqori narxlarni o’z ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik keng bo’lsa, tovar
muomalasi shunchalik tez yuz beradi, chunki talab bilan narx o’zaro bog’lanadi.
Bozor ko’lami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro narxlar
mavjud bo’ladi.