|
bir yo’la ko’tarasiga sotilganda qo’llaniladigan narx Pdf ko'rish
|
bet | 193/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIbir yo’la ko’tarasiga sotilganda qo’llaniladigan narx.
Ulgurji narx ishlab
chiqaruvchilar va ta’minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ularning
ma’lum miqdorda foyda ko’rishini ta’minlashi zarur. Ulgurji narx tovar birjalari va
savdo uylarida ham qo’llaniladi.
Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular
tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx. Sh
artnoma narx odatda
shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o’zgarmaydi. Mazkur narx ham milliy, ham
xalqaro bozorlarda qo’llaniladi. U xalqaro bozorda qo’llanilganda tovar
(xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi.
Chakana narx – tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narx.
Chakana
narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari va ularning
oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga bo’lgan talab va taklifni bog’lovchi
rolini o’ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past bo’lishi mumkin.
Davlatning narxlarni tartibga solish faoliyati chegaralangan (limitlangan) va
dotatsiyalangan narxlarni vujudga keltiradi. Ch
egaralangan narx –
davlat
tomonidan yuqori va quyi chegaralari belgilanib, shu doirada o’zgarishi mumkin
bo’lgan narx.
Bunday narx yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, narx darajasini
nazorat qiladi.
Dotatsiyalangan narx
– davlat budjeti hisobidan maxsus
arzonlashtirilgan narx.
Bunday narxdan kam daromadli oilalar, beva-bechoralar,
ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur ne’matlar bilan eng kam darajada ta’minlab
turishda foydalaniladi.
Demping narx – bozorda o’z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini
bozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus
narx.
U «bozorga kirib olish narxi» deb ham ataladi. Demping narxda rasmiy
narxning bir qismidan kechib yuboriladi.
|
| |