• Nomukammal raqobat sharoitida
  • Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet196/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Mukammal raqobat 
    sharoitida
    ishlab chiqaruvchi (yoki sotuvchi) hamda iste’molchi (yoki xaridor)larning 
    soni juda ko’p bo’lib, ularning ishlab chiqarish hajmini o’zgartirish orqali narx 


    189 
    shakllanishiga ta’siri umuman sezilmaydi. 
    Nomukammal raqobat sharoitida
    esa 
    ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) yoki iste’molchilar (xaridorlar)dan birining soni 
    cheklangan bo’lishi ularning bozordagi ishlab chiqarish hajmiga va, pirovardida, 
    bozordagi narxning shakllanishiga sun’iy ta’sir ko’rsatish imkonini beradi. Bunday 
    raqobat turli darajalaridagi narxlarning shakllanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi. 
    Shu sababli, biz quyida mukammal raqobat, sof monopoliya, oligopoliya va 
    monopsoniya sharoitida narxlarning shakllanish xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
    Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi. 
    Erkin raqobat kurashi 
    sharoitida narxning tashkil topish xususiyatlarini tadqiq etgan dastlabki 
    iqtisodchilardan biri A.Marshall hisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi 
    jarayoniga qadar ikki xil, ya’ni 
    sotuvchi va xaridor narxlari
    mavjud bo’ladi. Nazariy 
    jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi darajalari mavjud. Sotuvchi o’z tovari 
    narxining imkon qadar yuqori bo’lishidan manfaatdor, chunki bunday narx uning 
    foydasi hajmini oshiradi. Biroq, erkin raqobat sharoitida narxni boshqalardan yuqori 
    darajada belgilashga intilish mazkur sotuvchining bozordan siqib chiqarilishiga olib 
    kelishi mumkin. Sotuvchi narxining eng past darajasi shu tovarni ishlab chiqarish 
    uchun ketgan xarajatlarni qoplashi kerak. Xaridor tovarni eng past narxda sotib 
    olishdan manfaatdor, biroq erkin raqobatli bozor sharoitida uning ham tovar sotib 
    ololmay qolish xavfi mavjud bo’ladi. Xaridor narxining yuqori darajasi esa, Marshall 
    ta’biricha, so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligiga teng bo’lishi kerak.
    Sotuvchi va xaridor o’rtasidagi qulay narxga erishish borasidagi kurash har ikki 
    narxning mosligi ta’minlangunga, ya’ni bozor narxi paydo bo’lgunga qadar davom 
    etadi. Shunday qilib, sotuvchining narxi tomonidan ishlab chiqarish xarajatlari, xaridor 
    narxi tomonidan esa so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligi maydonga tushib, ularning 
    nisbati asosida bozor narxi paydo bo’ladi. Bu holatni Marshall shunday ifodalaydi: 
    «…«ishlab chiqarish xarajatlari» printsipi hamda «so’nggi qo’shilgan naflilik» 
    printsipi, shubhasiz, yagona talab va taklif umumiy qonunining tarkibiy qismi 
    hisoblanib, ulardan har birini qaychining bitta kesuvchi tomoniga qiyoslash 
    mumkin»
    43
    .
    Shu o’rinda, 4-mavzuda bildirilgan fikr-mulohazalarni yana bir bor esga olish 
    maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ya’ni, mukammal raqobatli bozor sharoitida narxning 
    shakllanishida talab va taklifning ta’sirida, A.Marshall ta’kidlaganidek, so’nggi 
    qo’shilgan naflilik va ishlab chiqarish xarajatlari emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilik 
    va ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari yotadi. 
    Talab va taklifning muvozanati mukammal raqobat bozoridagi narxning 
    shakllanishiga muvofiq keladi (9.3-chizma). 
    Chizmadan ko’rinadiki, faqat narxning R
    E
    darajasidagi talab miqdoriga ishlab 
    chiqaruvchilar tomonidan taklif miqdori muvofiq keladi. Narxning bu darajadan har 
    qanday pasayishi talabning taklifdan oshib ketishini, narxning bu darajadan har 
    qanday yuqori bo’lishi esa, taklifning talabdan oshib ketishini keltirib chiqaradi. 
    43
    Marshall A. Printsipi ekonomichеskoy nauki. V 3 t. M., 1993. T.III. S.282.


    190 
    Narxning R
    A
    darajasidagi holat uzoq vaqt mavjud bo’la olmaydi. Chunki, 
    tovarlarning sotilmay, to’planib qolishi bilan sotuvchilar o’rtasidagi raqobat kuchayib, 
    ular o’z tovarlarini tezroq sotish maqsadida narxni tushira boshlaydilar. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish