193
usullardan biriga aylanib, uning yordamida yirik firmalar o’rta va mayda fermerlarni
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidan siqib chiqardilar.
Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi.
Oligopoliya sharoitida narxning
shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo’llaniluvchi
«ergashish» hamda «inkor etish» xatti-harakatlari orqali izohlanadi.
«Ergashish»
holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha qilingan o’zgarish
(narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan ham ergashish,
ya’ni shunday o’zgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda, bozorda o’z tovarlariga narxni
pasaytirish orqali iste’molchilari soni hamda sotish hajmini oshirishga qaror qilgan
oligopolist xatti-harkatiga javoban qolgan oligopolistlar ham narxlarni pasaytiradilar.
Natijada narxning umumiy pasayishi ro’y berib, bozordagi ulush oldingi holda qoladi,
ya’ni oligopolistning xatti-harakati samara bermaydi.
«Inkor etish»
holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha qilingan o’zgarish
(narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan inkor etish,
ya’ni hech qanday javob o’zgarishlari qilmaslik kuzatiladi. Ko’pincha bunday holat
oligopolist tomonidan o’z tovariga narxni oshirgan chog’ida ro’y beradi, ya’ni qolgan
oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar. Natijada, narxni oshirgan oligopolist
o’z iste’molchilarini yo’qotib, bozordan siqib chiqariladi.
YUqorida bayon etilgan holatlar natijasida oligopolist-firmaning talab egri
chizig’i «siniq egri chiziq» ko’rinishini oladi (9.6-chizma). Bunday holatni birinchi
bo’lib XX asrning 40-yillarida amerikalik iqtisodchi P.Suizi tavsiflab bergan.