194
«ergashish» xatti-harakatini tutishi, ya’ni ularning ham o’z tovarlari narxini
pasaytirishi natijasida talab egri chizig’ining «sinishi» ro’y berib, u endi D
1
ED
2
ko’rinishini oladi. Oqibatda sotish hajmi oldingi Q
0
darajasida qolgani holda tovarning
narxi pasayib, oligopolistlar o’z foydalarining ma’lum bir qismini yo’qotadilar.
Oligopolist-firma o’z tovari narxini R
0
dan R
2
ga oshirgan taqdirda qolgan
oligopolistlar «inkor etish» hatti-harakatini qo’llashlari natijasida talab egri chizig’i
yana «sinadi». Oldingi D
1
D
1
ko’rinishdagi talab egri chizig’i endi D
3
ED
1
ko’rinishini
oladi. Agar boshqa oligopolistlar ham o’z tovarlari narxini oshirganlarida, mazkur
oligopolist-firmaning tovariga bo’lgan talab hajmi Q
2
ga qadar qisqarishi lozim bo’lsa,
bunday xatti-harakatning amalga oshirilmasligi natijasida bu qisqarish Q
3
ga qadar
davom etadi, ya’ni bozordagi sotish hajmini yo’qotish darajasi oshib ketadi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko’rinadiki, oligopoliya sharoitida ishlab
chiqaruvchilar narxni ko’proq o’zaro kelishish orqali belgilashga harakat qiladilar.
O’z mahsulotlariga bozor narxini o’rnatishda oligopolistlar tomonidan