• Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil)
  • Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil oktyabr- noyabr)
  • narxlarni  erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida)




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet202/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    narxlarni 
    erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida)
    keng doiradagi 
    ishlab chiqarish-texnika vositasi bo’lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’moli 
    mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga o’tildi. Aholini 
    himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari 
    narxlarining chegarasi belgilab qo’yildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori 
    tariflari joriy qilindi. 
    Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil)
    kelishilgan ulgurji 
    narxlarni davlat tomonidan tortibga solish to’xtatildi. Qat’iy belgilangan va davlat 
    tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko’rsatiladigan 
    xizmatlarning soni ancha qisqardi. 
    Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil oktyabr-
    noyabr)
    xalq iste’mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo’yib yuborildi, 
    transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, respublikada 
    iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni bosqichma-bosqich (uch 
    bosqichda) to’liq erkinlashtirish bilan tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini 
    ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat 
    tomonidan turli kompensatsiyalar maqsadidagi jamg’armalar tuzildi, ish haqi, pensiya 
    va stipendiyalarning eng kam miqdori muntazam suratda oshirib borildi, bolalar uchun 
    nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam ko’rsatildi, imtiyozli soliq 
    stavkalari joriy etildi. 
    Aynan samarali va oqilona narx siyosati vositasida mamlakatimizda birlamchi 
    ehtiyojga ega bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Bu esa, birinchidan, 
    aholining mazkur tovarlarga bo’lgan ehtiyojlarini milliy ishlab chiqarish tomonidan 
    to’la va sifatli ta’minlash imkonini berdi. Ikinchidan esa, oziq-ovqat va boshqa 
    strategik ahamiyatga ega bo’lgan tovarlarning o’zimizda yetarli hajmda ishlab 


    196 
    chiqarish imkoniyatining qo’lga kiritilishi, respublikamizning boshqa mamlakatlardan 
    qaramligini bartaraf etib, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minladi.
    Shu munosabat bilan bizning 90-yillardanoq g’alla mustaqilligiga erishish, 
    aholining un va nonga, boshqa hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlariga bulgan 
    talabini to’la ta’minlash vazifasini o’z oldimizga qo’yganimiz va uni muvaffaqiyatli 
    hal etganimiz uzoqni o’ylab qilingan oqilona ish bo’lganini eslash o’rinlidir.
    Bugungi kunda O’zbekiston bug’doy, un, paxta yog’i, meva-sabzavot, quruq 
    mevalar va uzum, poliz mahsulotlari kabi o’ta zarur oziq-ovqat tovarlari bilan nafaqat 
    o’z ichki ehtiyojlarini to’liq ta’minlamoqda, balki ularni yurtimizdan tashqariga ham 
    eksport qilmoqda. Hozirgi paytda go’sht va sut mahsulotlari, guruch, kartoshka va 
    boshqa muhim oziq-ovqat mollariga bo’lgan talabni o’zimizda ishlab chiqarilayotgan 
    tovarlar hisobidan to’liq qoplanmoqda va bunday holatni o’zimizning ulkan 
    yutug’imiz deb hisoblaymiz»
    44

    Jahon 
    moliyaviy-iqtisodiy 
    inqirozi 
    sharoitida 
    milliy 
    iqtisodiyot 
    raqobatbardoshligi hamda barqarorligini oshirishda narxning ahamiyati oshib 
    bormoqda. Jumladan, O’zbekistonda qat’iy tejamkorlik tizimini rag’batlantirish orqali 
    korxonalarning raqobatdoshligini oshirish ko’p jihatdan mahsulotlar tannarxini 
    pasaytirishga bog’liqdir. Shunga ko’ra, «Inqirozga qarshi choralar dasturida 2009 
    yilda barcha turdagi energiya manbalari va kommunal xizmatlarning asosiy turlari 
    bo’yicha narxlarning ko’tarilishini cheklash, ya’ni ularni 6-8 foizdan oshirmaslik 
    mexanizmi ishlab chiqilgan»
    45
    bo’lib, mazkur choralar mahalliy ishlab 
    chiqaruvchilarning 
    raqobatbardosh 
    mahsulotlar 
    yaratish 
    va 
    eksport 
    qilish 
    imkoniyatlarini kengaytiradi.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    narxlarni  erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida)

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish