O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

 
Asosiy tayanch tushunchalar: 
Narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati 
va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasi. 
Bozor narxi – bir tomondan, tovarlarning sotilishi ta’minlovchi, boshqa 
tomondan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltirmaydigan muvozanatlashgan 
narx. 
Joriy narx – yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblashda qo’llaniluvchi 
amaldagi narx.
Qiyosiy narx – ishlab chiqarishning natijalari ma’lum yil (bazis yil) asosida 
hisoblanuvchi va boshqa yillar bilan taqqoslanuvchi narx. 
Narx tizimi – iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari.
Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir yo’la 
ko’tarasiga sotilganda qo’llaniladigan narx. 
Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular 
tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx. 
Chakana narx – tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narx. 
Chegaralangan narx – davlat tomonidan yuqori va quyi chegaralari belgilanib, 
shu doirada o’zgarishi mumkin bo’lgan narx. 
Dotatsiyalangan narx – davlat budjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx. 
Demping narx – bozorda o’z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib 
chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx. 
Nufuzli narx – sotish hajmini o’zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish 
uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx. 
Erkin bozor narxi – talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor narxi. 
Narx diapazoni – narxlar oralig’ining puldagi ifodasi. 


198 
Hududiy narx – faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo’lib, shu hudud doirasidagi 
omillar ta’sirida hosil bo’ladigan narx.
Milliy bozor narxi – bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning 
xususiyatini aks ettiruvchi narx.
Jahon bozori narxi – muayyan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan baynalminal 
xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro 
bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladigan narx. 
Ommaviy talab bo’yicha narxning o’zgarishi – taklifga nisbatan xaridorlarning 
ommaviy talabi qanchalik katta bo’lsa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo’lishi 
va aksincha, talabning kamayishi bilan bozor narxi pasayib borishi o’rtasidagi 
miqdoriy bog’liqlik. 
Ommaviy taklif bo’yicha narxning o’zgarishi – talabga nisbatan tovarlar taklifi 
qanchalik yuqori bo’lsa, bozor narxi darajasi shunchalik past bo’lishi va aksincha, 
taklif kamayishi bilan narx oshib borishi o’rtasidagi miqdoriy bog’liqlik. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish