|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 212/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIOchiq turdagi
aktsiyadorlik jamiyati – ishtirokchilari o’zlariga tegishli aktsiyalarni boshqa
aktsiyadorlarning roziligisiz sotib olishi va ularni erkin sotishi huquqiga ega
bo’lgan jamiyat. Yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati – aktsiyalari faqat uning
ta’sischilari yoki oldindan belgilangan boshqa shaxslar doirasida taqsimlanuvchi
jamiyat.
Aktsiya – bu uning egasi aktsiyadorlik jamiyati kapitaliga o’zining ma’lum
hissasini qo’shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish
huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog’oz.
Bundan tashqari, aktsiya
korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.
Aktsiyaning egasi yozilgan va egasi yozilmagan, oddiy va imtiyozli turlarini
farqlash mumkin.
Egasi yozilgan aktsiya – aktsiyadorlik jamiyati reestrida aktsiya
egasining nomiga qayd qilinib, faqatgina uning yozma ruxsati bilan oldi-sotdi
qilinishi mumkin bo’lgan aktsiya. Yo
piq aktsiyadorlik jamiyatining aktsiyalari faqat
egasi yozilgan aktsiyalardan iborat bo’lishi mumkin.
Egasi yozilmagan aktsiya – jamiyat aktsiyadorlarining reestriga kiritilmagan
holda boshqa shaxslarga mulk qilib beriluvchi hamda erkin tarzda oldi-sotdi
qilinuvchi aktsiya.
Oddiy aktsiya – dividendni qo’yilgan mablag’ga mutanosib ravishda
taqsimlash imkonini beruvchi aktsiya.
Oddiy aktsiya imtiyozli aktsiyalar bo’yicha
dividendlar to’lanib, aktsiyadorlik jamiyati zaxiralar to’ldirilib bo’lgandan so’ng
qolgan sof foydani dividend shaklida taqsimlashda ishtirok etadi. Uning egasi
aktsiyadorlar umumiy yig’ilishida masalalarni hal etishda ovoz berish huquqiga ega
bo’ladi.
204
Imtiyozli aktsiya – aktsiyadorlik jamiyati dividendi va mol-mulkini
|
| |