|
taqsimlashda oddiy aktsiya egasiga nisbatan ustunlik beruvchi aktsiya Pdf ko'rish
|
bet | 213/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASItaqsimlashda oddiy aktsiya egasiga nisbatan ustunlik beruvchi aktsiya.
U, agar
aktsiyadorlik jamiyati nizomida boshqacha holat nazarda tutilmagan bo’lsa, ovoz
berish huquqini bermaydi, lekin qat’iy belgilangan dividendni keltiradi.
Aktsiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli o’zining
narxiga ega.
Aktsiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi.
Aktsiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aktsiya kursi deb atalib, u olinadigan
dividend miqdoriga to’g’ri mutanosib, bankka qo’yilgan pul foizi miqdoriga esa
teskari mutanosiblikda bo’ladi.
Xaridor aktsiyani undan olinadigan daromadi
bankka qo’yilgan puldan keladigan foizdan kam bo’lmagan taqdirdagina sotib oladi.
Aktsiya kursi quyidagicha aniqlanadi:
%
100
S
F
D
ÀÊ
,
bu yerda: AK – aktsiya kursi; D – dividend; F
s
– ssuda foizi.
Ssuda foizi o’sganda aktsiya kursi tushadi. Agar dividend ssuda foiziga
qaraganda yuqori darajada o’ssa, aktsiya kursi ko’tariladi.
Aktsiyadorlik jamiyatining tashkil topishi ta’sischilik foydasi kabi daromad
turining paydo bo’lishi bilan bog’liq.
Ta’sischilik foydasi
sotilgan aktsiyalar
summasi va aktsiyadorlik korxonasiga haqiqatda qo’yilgan mablag’ miqdori
o’rtasidagi farqdan iborat.
Aktsiyadorlik korxonasida ta’sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend kabi
daromad turi shakllanadi.
Dividend
(lotincha dividendus - bo’lishga tegishli) – aktsiya egasiga
to’lanadigan daromad.
Dividend vositasida aktsiya egasi qimmatli qog’ozning shu
turiga qo’yilgan pul mablag’lari (kapital) ning tegishli qismiga o’zining mulkchilik
huquqini iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqaradi. Dividend orqali faqat aktsiyadorlik
jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning boshqa qismi jamg’arishga,
soliq to’lashga va shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori olinadigan foyda va
chiqarilgan aktsiya miqdoriga bog’liq va hamda odatda ssuda foizidan yuqori bo’ladi.
|
| |