212
Iv Iv
T . . . I . . . T’ P’ T
Ik Ik
Tadbirkorlik kapitali tovar shaklining doiraviy aylanishi:
Iv
T P T . . . I . . . T’
Ik
Kapital o’z harakatini qanday ijtimoy-iqtisodiy shakllarda amalga oshirmasin,
ular uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek, doiraviy aylanish va uning bosqichlarining
harakat ko’rinishi umumiy. Shu bilan birga xo’jalik yuritishning ayrim shakllarida
tadbirkorlik kapitalining doiraviy aylanishi, ularning bosqichlari va harakat shakllari
o’zlarning iqtisodiy mazmuni jihatidan farqlanadi.
5. Tadbirkorlik kapitalining aylanishi.
Asosiy va aylanma kapital
Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to’xtab qolmaydi,
balki u uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi.
Doiraviy aylanishlarning bunday
uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi
deyiladi.
Kapitalning ayrim qismlari turli tezlikda harakat qilishi tufayli sarflangan
mablag’larning aylanish tezligi turlicha bo’ladi. Masalan, unumli iste’molda bo’lgan
xomashyo va materiallar qiymati, bir doiraviy aylanishdan keyin boshqa qismi
masalan, mehnat qurollari qiymati bir necha doiraviy aylanishdan keyin o’zining
boshlang’ich shakliga qaytadi.
Kapital o’zining aylanish tavsifiga ko’ra ikki qismga: asosiy va aylanma
kapitalga bo’linadi.
Asosiy kapital – ishlab chiqarish jarayonida bir nechta doiraviy aylanishlar
davomida qatnashadi, o’zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga
(xizmatga) bo’lib-bo’lib, asta-sekinlik bilan o’tkazib boradi va bir necha yillik