• Aylanish tezligi
  • Ishlab chiqarish vositalarning zaxira va ehtiyotlar sifatida bo’lish vaqti – bu




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet224/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Ishlab chiqarish vositalarning zaxira va ehtiyotlar sifatida bo’lish vaqti – bu 
    ularning ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun zarur 
    bo’lgan davrdir.
    Tez quritadigan, tez achitadigan, umuman texnologik jarayonlarni 
    tezlashtiradigan yangi texnika va texnologiyalarning qo’llanilishi tanaffus davrining 
    va binobarin ishlab chiqarish vaqtining qisqarishiga olib keladi. Transport 
    shaxobchalarini rivojlantirish, xo’jalik aloqalarining samarali tizimini belgilash, ishlab 
    chiqarish vositalari bozorini shakllantirish, ehtiyojlarni puxta hisobga olish, muomala 
    vaqtini qisqartirish uchun muhim ahamiyatga ega.
    Kapitalning aylanish tezligi ulardan foydalanish samaradorligiga jiddiy ta’sir 
    qiladi. 
    Aylanish tezligi
    muayyan davr ichida (A) qilingan aylanishlar soni (n) yoki bir 
    aylanishning uzun-qisqaligi (a) bilan belgilanadi: n=A/a; a=A/n. 
    6. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan 
    foydalanish samaradorligi 
    Kapitalning samaradorlik darajasi turli omillarning ta’siri ostida shakllanadi. Ular 
    orasida asosiy kapitalning tarkibi (tarmoq tarkibi, turlar bo’yicha tarkibi); asosiy 
    kapitaldan foydalanish va uni taqsimlash samaradorligi; eskirgan mehnat vositalarini 
    yangilari bilan amashtirish yo’llari va usullari muhim ahamiyatga ega. 
    Asosiy kapitalning tarmoq tarkibi ularning ayrim tarmoqlar bo’yicha 
    taqsimlanishi va har bir tarmoqning kapitalning umumiy qiymatidagi hissasi bilan 
    tavsiflanadi. Agar asosiy kapital tarkibida ko’proq texnika taraqqiyoti va ishlab 
    chiqarish samaradorligini belgilaydigan tarmoqlarning ulushi oshsa, ularning tarmoq 
    tarkibining yaxshilanganligini bildiradi. 
    Asosiy kapitalning turlari bo’yicha tarkibi ular har bir turining kapital umumiy 
    qiymatidagi hissasi va nisbati bilan tavsiflanadi. 
    Asosiy kapitalning ayrim turlari ishlab chiqarishda o’z ishtiroki bo’yicha bir xil 
    rol o’ynamaydi. Agar binolar asosan ishlab chiqarish jarayonining bir me’yorda 
    borishini ta’minlab, mehnatning umumiy sharoitini tashkil qilib, ishlab chiqarish 
    samaradorligiga bilvosita tasir ko’rsatsa, mehnat qurollari (ish mashinalari, uskunalar, 
    va boshqalar) ishlab chiqarish jarayonida faol rol o’ynaydi va ishlab chiqarish 
    samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. 
    Asosiy kapitalning mulk shakllari bo’yicha tarkibi, kapitalning umumiy 
    qiymatida har bir mulk shaklining hissasi bilan tavsiflanadi. 
    Ta’kidlash lozimki, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko’lamdagi bozor 
    islohotlari, 
    iqtisodiyotni 
    erkinlashtirish 
    va 
    modernizatsiyalash 
    jarayonlari 
    korxonalardagi mavjud asosiy va aylanma kapitallar qiymatining o’sishiga hamda 


    215 
    tarkibining o’zgarib, sifat jihatidan takomillashib borishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda 
    (10.1-jadval).

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish vositalarning zaxira va ehtiyotlar sifatida bo’lish vaqti – bu

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish