223
1.
Tadbirkorlik faoliyatiga ta’rif bering. «Tadbirkorlik faoliyati» va «biznes»
tushunchalarini izohlang.
2.
Tadbirkorlikning vazifalarini sanab ko’rsating. Nima
uchun tadbirkor tahlika
(tavakkalchilik) bilan faoliyat ko’rsatadi?
3.
Tadbirkorlikning rivojlanish shart–sharoitlari nimalardan iborat?
4.
Tadbirkorlikning shakllarini va ularning xususiyatlarini ko’rsating.
5.
Aktsiyadorlik jamiyatiga ta’rif bering. Aktsiya nima, aktsiya kursi qanday
aniqlanadi? Aktsiya kursiga ta’sir qiluvchi omillarni ko’rsating.
6.
Tadbirkorlik kapitali nima? Uning tarkibiy tuzilishi qanday?
7.
Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va
muomala jarayonida qanday
bosqichlardan o’tadi hamda qanday shakllarga kiradi?
8.
Kapitalning aylanishiga tavsif bering. Aylanish vaqti qanday vaqtlarni o’z
ichiga oladi? Ularga tushuncha bering.
9.
Kapitalning aylanish tezligi qanday aniqlanadi? Kapitalning aylanish uzunligi
ikki oyni tashkil qiladi deb faraz qilsak, bir yilda
necha marta aylanadi va bir
aylanishining uzunligi qancha davom etadi?
10.
Unumli kapital asosiy va aylanma kapitalga qanday mezonlar bo’yicha
ajratiladi? Asosiy va aylanma kapitalga tavsif bering.
11.
Amortizatsiyaning iqtisodiy mazmuni nimadan iborat? Uning normasi qanday
aniqlanadi?
12.
Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi qanday ko’rsatkichlar orkali
aniqlanadi? Aylanma kapital va aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi
ko’rsatkichlarini tushuntiring.