|
Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq Pdf ko'rish
|
bet | 235/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIMuomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq
bo’lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazilguncha
ketadigan sarflarga aytiladi.
Ular ikki guruhga bo’linadi: qo’shimcha muomala
xarajatlari va sof muomala xarajatlari.
Tovarlarni o’rash, qadoqlash, saralash,
transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo’shimcha muomala
xarajatlari hisoblanadi.
Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish
xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi.
Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.
Sof muomala xarajatlari tovarni sotish bilan bog’liq bo’lib, sotuvchilarning
maoshi, marketing (iste’molchilar talabini o’rganish), reklama va shu kabi
xarajatlardan iborat bo’ladi.
Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan
qoplanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining ikkinchi yo’nalishdagi kontseptsiyalari marjinalistlar
va neoklassiklar tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, ular bu boradagi klassik nazariyalarni
ham ma’lum darajada hisobga oladilar. Biroq, bu kontseptsiyalarning o’ziga xos tomoni
shundaki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini tushuntirishda resurslarning cheklanganligi va
ulardan muqobil foydalanish imkoniyatlaridan kelib chiqadilar.
Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi bo’yicha korxona ishlab chiqarish
jarayonida foydalaniladigan resurslar o’z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo’lishi
mumkin. Shunga ko’ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo’linadi (11.2-
chizma).
11.2-chizma
UMUMIY XARAJATLAR
Ishlab chiqarish xarajatlari
Muomala xarajatlari
Ish haqi
Xomashyo
xarajatlari
Yonilg’i va moylash
matеriallari xarajatlari
Amortizatsiya va h.k.
Qo’shimcha
muomala xarajatlari
Sof muomala
xarajatlari
|
| |