222
amalga oshgan hisoblanadi. Kapital aylanish tezligi kapitalning bir yilda aylanish
tezligi va aylanish soni bilan o’lchanadi.
9.
Kapital o’zining aylanish xususiyatiga qarab asosiy va aylanma kapitalga
bo’linadi. Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida to’liq ishtirok etib, o’z qiymatini
mahsulot qiymatiga qismlar bilan o’tkazadi. Mehnat vositalari o’rnini qoplash uchun
mo’ljallangan va amortizatsiya fondida jamg’ariladigan asosiy kapital qiymati
amortizatsiya ajratmalari deyiladi. Amortizatsiya ajratmalari summasining asosiy
kapital qiymatiga nisbati amortizatsiya normasi deyiladi va foizlarda hisoblanadi.
Aylanma kapital ishlab chiqarish jarayonida o’z qiymatini to’laligicha tayyor mahsulot
qiymatiga o’tkazadi.