Amortizatsiya asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta- sekin ishlab chiqarilgan mahsulotga o’tkazish, asosiy kapitalni keyinchalik qayta tiklash maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini ajratib borish jarayonidan iborat .
Amortizatsiya ajratmalari belgilangan amortizatsiya normalari (me’yorlari)
asosida ajratilib boriladi.
Asosiy kapitalning eskirishi bilan amortizatsiya o’rtasida mustahkam aloqa bor.
Biroq bular bir xil tushunchalar emas. Eskirish mehnat vositalaridan foydalanish
vaqtida ularning texnik-ishlab chiqarish xossalarini asta-sekin yo’qotish jarayonini aks
ettiradi. Amortizatsiya ancha murakkab jarayon bo’lib, iste’mol qilingan mehnat
vositalari qiymatini ularning eskirishiga muvofiq ravishda mahsulotga o’tkazish,
iste’mol qilingan mehnat vositalarining o’rnini qoplash maqsadida pul fondini
jamg’arish jarayonini aks ettiradi. Shunday qilib, eskirish amortizatsiyaning dastlabki
shart-sharoitidir.
Amortizatsiya normasi amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu asosiy kapital qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi va foizda ifodalanadi. Amortizatsiya ajratmalarining umumiy normasi asosiy kapitalni takror ishlab
219
chiqarishning o’ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda ikki qismdan iborat bo’ladi:
bir qismi asosiy kapitalni to’la qoplashga (qayta tiklashga), ikkinchisi ularni qisman
qoplashga (kapital ta’mirlashga) mo’ljallanadi.
Amaliyotda umumiy yillik amortizatsiya normalarini (A n ) belgilashda asosiy kapital qiymati (K as ) asosiy kapitalning harakat qilishi muddati davomida kapital ta’mirlash uchun sarflar (T k ), eskirgan mehnat vositalarini tugatishdan