217
barqarorligi, ishonchli pul muomalasi, banklar tomonidan naqd mablag’lar to’siqsiz va
to’liq berilishi kafolatlarini yaratish vazifalari dolzarbligicha qolmoqda
53
.
Tahlillar ko’rsatadiki, tadbirkorlik kapitalini ko’paytirish manbalarida qarz
mablag’lari rolining oshishi asosan xorijiy kreditlarining ko’payishi
hisobiga yuz
bergan. Bu esa respublikada chet el kreditlari bo’yicha kafolatlarning yuqori darajasi
va tijorat banklari kreditlari bo’yicha foiz stavkalarining beqarorligi bilan izohlanadi.
Respublika hukumati tadbirkorlik kapitalini ko’paytirishda to’g’ridan-to’g’ri
xorijiy investitsiyalarni jalb etish va qo’shma korxonalarni rivojlantirishga katta
e’tibor bermoqda. 2008 yilda iqtisodiyotga kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 1,7
mlrd. AQSH doll.ni tashkil etib, bu 2007 yilga nisbatan 46 foiz ko’p. Mazkur
investitsiyalarning 74 foizini to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar tashkil etadi. Zamonaviy
texnologiyalarni tatbiq qilish zaruriyati, tadbirkorlik bo’yicha ilg’or xorijiy tajribalarni
o’zlashtirish va investitsiya muhitining yaxshilanishi borasida amalga oshirilgan
chora-tadbirlar natijasida mamlakatga bevosita chet el investitsiyalarini
olib kirish
faollashib, kapital qo’yilmalarning umumiy hajmida chet el investitsiyasi tarkibi
sezilarli darajada o’zgardi. Agar chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni
1992 yilda 120 taga yaqin bo’lgan bo’lsa, 2007 yil boshiga bu miqdor 2919 taga yetdi,
ya’ni 24 baravar ortdi. Chet el investitsiyalari uchun yoqilg’i-energetika kompleksi,
avtomobilsozlik va maishiy elektronika, oltin qazib olish asosiy tarmoqlarga aylandi
54
.
Asosiy kapitalni shakllantirishda chet el investitsiyalarining
ishtirokini
barqarorlashtirish tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, investitsiya muhitini
rivojlantirish va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda quyidagi
o’zgarishlarni taqozo etadi:
- ishlab chiqarish texnologiyalarini sotib olish, global ilmlarni egallash,
soliqlarning tartiblovchi
rolini takomillashtirish, ularning rag’batlantiruvchilik rolini
kuchaytirish;
- to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni uzoq muddatli hududiy,
maqsadli dasturlarga muvofiq olib borish;
- importga cheklovlarni iqtisodiyotda import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarish
tarmoqlarini rivojlantirish bilan mutanosib ravishda kiritib borish, mazkur tarmoqlarni
asosan xorijiy investitsiyalari hisobidan moliyalashtirish;
- mamlakatga xorijiy kapitalni keng miqyosda jalb qilishda kreditlar hissasini
kamaytirish va bevosita xorijiy investitsiyalar hissasini o’stirishga erishish lozim
55
.
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish o’zaro bog’langan ikki jarayonga: asosiy
kapitalning
eskirishi, ya’ni amortizatsiya jarayoni va amortizatsiya fondidan
mehnat
vositalarini jismoniy shaklda tiklash uchun foydalanishga tayanadi.
53
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining Qarori. Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo’sh pul mablag’larini bank
aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to’g’risida. 2007 yil 7 noyabr // Хalq so’zi, №221 (4374), 2007 yil 8 noyabr, 1-b.
54
O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
55
Хajiyev B.D. Tadbirkorlik kapitali va uning samarali amal qilishi. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan
diss. avtorеf. – T., 2008, 17-20-b.
218
Mehnat vositalari jismoniy eskirishining ikki shakli mavjud: 1) ulardan bevosita
foydalanish natijasidagi jismoniy eskirish; 2) harakatsiz turish natijasida,
tabiiy
kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirish.
Mehnat vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish natijasida jismoniy
eskirganda, ular texnik, ishlab chiqarish xossasini va iste’mol qiymatini asta-sekin
yo’qotib boradi. Ayni vaqtda asosiy kapital tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy
eskirishi ham mumkin. Bunday eskirish qiymati qoplanmaydi va u yo’qotishni
bildiradi. Bu yo’qotish asosiy kapitalning harakatsiz turish natijasidagi eskirishiga
teng bo’ladi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirish bilan birga ma’naviy jihatdan ham eskiradi.
Ma’naviy eskirishning ham ikki xil turi mavjud bo’lib, ular bir-biridan farq qiladi.
Ma’naviy eskirishning birinchi turi mehnat
vositalari tayyorlanadigan
tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshganligi natijasida ular qiymatining pasayishida
ifodalanadi. Bu ishlab turgan uskunalarni yangilari bilan almashtirishni zarur qilib
qo’ymaydi, chunki ishlab turgan va yangi uskunalarning texnika darajasi bir xil bo’lib
qolaveradi. Biroq, ancha past qiymatga ega bo’lgan mehnat vositalarining keng
qo’llanishi shunga olib keladiki, ilgari sotib olingan mehnat vositalari qiymatining bir
qismi yo’qoladi.
Ma’naviy eskirishning ikkinchi turida ancha mukammal, arzon va unumli
mashinalarning ishlab chiqarishga kirib kelishi bilan ilgari o’rnatilgan mehnat
vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lmay qoladi va natijada ular yangilari
bilan almashtiriladi. Ma’naviy eskirishdan ko’riladigan zararning oldini olishning
asosiy yo’li mehnat qurollaridan ancha samarali foydalanish hisoblanadi.
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning bir qismi
amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi.