213
qoladi. Aksincha, aylanma kapital (masalan paxta, jun, metall va b.) har bir doiraviy
aylanishda to’liq unumli iste’mol qilinadi, o’zining ashyoviy-buyum shaklini
yo’qotadi va yangi turlari bilan almashinadi.
2. Qiymatini ishlab chiqarish natijalariga o’tkazish xususiyati.
Asosiy kapital
ishlab chiqarish jarayonida qator yillar davomida faoliyat qilib, ularning qiymati
tovarlarga qisman-qisman o’tib boradi. Xomashyo va materiallar, yoqilg’i va energiya
kabi aylanma kapital elementlari har bir doiraviy aylanishda to’liq unumli iste’mol
qilinadi va ularning qiymati mahsulot va xizmatlar qiymatiga to’liq o’tadi.
3. Kapital qiymatining aylanish usuli.
Qiymatining aylanish usuli bo’yicha
asosiy kapital qiymati ikkiga bo’linadi. Qiymatning mahsulotga o’tgan qismi tovarlar
va xizmatlar bilan birga muomalada bo’ladi va doiraviy aylanish jarayonida tovar
shaklidan pul shakliga o’tadi hamda qoplash fondi shaklida asta-sekin jamg’ariladi.
Mahsulotga o’tmagan qismi ishlab chiqarish doirasida mavjud bo’lgan asosiy
kapitalda gavdalanganicha qolaveradi. Iste’mol qilingan mehnat predmetlari qiymati
to’la-to’kis aylanib, yangi mahsulotlar qiymati tarkibiga kiradi.