|
Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari Pdf ko'rish
|
bet | 218/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI
4. Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari
Tadbirkor ixtiyorida bo’lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan va
yollanma mehnat tomonidan harakatga keltiriladigan barcha moddiy vositalar,
tovarlar va pul mablag’lari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi.
Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda bo’ladi
va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o’tadi.
Kapital ikki xil xususiyatga ega bo’lib, uning qiymati – ko’pchilikka ma’lum
bo’lganidek, ushbu kapitalni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat
sarfidan iboratdir. Kapitalning nafliligi esa uning: a) ko’plab turdagi va miqdordagi
nafliliklarni (tovar va xizmatlarni) yaratishda; b) ishchi kuchining ish bilan bandligini
ta’minlashda; v) qisman qiymatning tashkil topishida, ya’ni shakllanishida; g) eng
muhimi, qo’shimcha mahsulotni yaratishda va o’zlashtirishda to’liq ishtirok etishi
orqali namoyon bo’ladi.
Kapital qaysi sohada va qanday shaklda amal qilmasin hamda qanday tarkibiy
qismlardan iborat bo’lishidan qat’iy nazar, u barcha ko’rinishlarda ikki tomonlama
xususiyatga ega bo’ladi va shu xususiyatlarning birligi sifatida amal qiladi.
Kapitalning bu xususiyatlari tovardagi ikki xil xususiyatdan va uni keltirib chiqaruvchi
sabab – tovarda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifidan kelib chiqadi.
Chunki pul tovar ayirboshlash rivojlanishining mahsuli bo’lib, tarixiy va mantiqiy
jihatdan kapitalning boshlang’ich bo’g’ini hisoblanadi.
Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyatni
quyidagicha ifodalash mumkin (10.1-chizma).
Chizmadan ko’rinadiki, tovardagi ikki tomonlama xususiyat o’z navbatida
tadbirkorlik kapitaliga ham o’tadi. Chunki, u pul, ishlab chiqarish vositalari va ishchi
kuchi ko’rinishidagi unumli kapital hamda tayyor tovarlardan iborat bo’ladi. Ayni
paytda, kapital tovarlari o’sish xususiyatiga ega bo’lgan qiymatni ham namoyon etadi.
Tadbirkorlik kapitalining harakat jarayoni ikki jihatdan, ya’ni – bir turdagi
naflilikning sifat jihatdan boshqa turdagi naflilikka o’tishi va miqdor jihatdan
ko’payishi hamda qiymatning o’sish jarayonidan iborat.
|
| |