210
10.1-chizma Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyatning namoyon bo’lishi Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyat pirovardida
yangidan yaratilgan tovarning ikki tomoni, birinchidan, sifat jihatdan yangi turdagi va
ko’rinishdagi, miqdor jihatdan esa ko’paygan naflilik, ikkinchidan esa, o’tkazilgan va
qo’shilgan qiymatda namoyon bo’ladi
52
.
Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda
bo’ladi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o’tadi.
Ishlab chiqarishga sarflanadigan har qanday sarmoya o’z harakatini
pul shaklidan boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya’ni ishlab
chiqarish vositalari (Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi (avanslanadi). Bu
holda pul shunchaki tovarlar sotib olishgagina emas, balki ishlab chiqarish uchun
zarur bo’lgan iqtisodiy faoliyat omillarini sotib olishga sarflanadi. Ushbu muomala
sohasida pul kapitali o’z harakatining birinchi bosqichidan o’tadi:
Iv
P T
Ik
Mazkur jarayon natijasida pul shaklidagi mablag’lar
unumli kapital shakliga aylanadi va ular ishlab chiqarish jarayonining potentsial omillari hisoblanadi. Kapital
harakatida
ikkinchi bosqich ishlab chiqarish (I) jarayoni hisoblanib, uning natijasida
iste’molga tayyor
tovar tovar (T)
shaklini oladi. Bu yerda hosil qilingan tovarlar
qiymati ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga sarflangan qiymatdan ortiq
bo’ladi, ya’ni:
Iv
T . . . I . . . T’
Ik
52
Хajiyev B.D. Tadbirkorlik kapitali va uning samarali amal qilishi. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan
diss. avtorеf. – T., 2008, 13-14 -b.
Aniq
m
еhnat
Abstrakt
m
еhnat
M
еhnat
Nafliligi
(ist
е’mol
qiymati)
Qiymati
Tovar
Ishlab
chiqarish
vositalari va
ishchi kuchi
O’sish
xususiyatiga
ega bo’lgan
qiymat
Tadbirkorlik
kapitali
Bir turdagi
naflilikning boshqa
turdagi naflilikka
o’tishi va ko’payishi
жараёни
Qiymatning o’sish
jarayoni
Tadbirkorlik
kapitalining harakati
jarayoni
Yangi turdagi
va ko’rinishdagi
naflilik
O’tkazilgan va
qo’shilgan
qiymat
Yangidan yara-
tilgan tovar
211
Chunki hosil qilingan tovarlar qiymatida ishlab chiqarish vositalarining ko’chgan
qiymati, ishchi kuchi qiymatining ekvivalenti va ular tomonidan vujudga keltirilgan
qo’shimcha mahsulot qiymati ham mavjud bo’ladi.