• Tadbirkorlik kapitalining o’z harakatida uch bosqichni izchil bosib o’tib, muntazam ravishda bir shakldan boshqa bir shakliga aylanib, yana dastlabki
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet220/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Uchinchi bosqichda
    ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish sodir bo’ladi T’

    P’ 
    ushbu bosqichda tovarlar pulga aylanadi va o’zining dastlabki shakliga qaytib keladi. 
    Dastlab, pul shaklida sarflangan mablag’ yana pul shaklida, ammo miqdor jihatidan 
    ko’proq bo’lib qaytadi. Shu sababli uni P’=P+p ko’rinishida ifodalash mumkin. 
    Tovarlarni sotishdan tushgan pul kapitali yana ishlab chiqarish omillari sotib 
    olish uchun sarflanadi va shu tariqa yuqoridagi harakat to’xtovsiz takrorlanaveradi. 
    Tadbirkorlik kapitalining o’z harakatida uch bosqichni izchil bosib o’tib, 
    muntazam ravishda bir shakldan boshqa bir shakliga aylanib, yana dastlabki 
    shakliga qaytib kelishi uning doiraviy aylanishi deyiladi. 
    Doiraviy aylanishning birinchi va uchinchi bosqichlari muomala sohasida, ya’ni 
    resurslar va tovarlar bozorida, ikkinchi bosqichi esa ishlab chiqarishda ro’y beradi. 
    Shuning uchun formulada ishlab chiqarish jarayoni va muomala sohasi o’rtasidagi 
    oraliqlar nuqtalar (…) bilan ajratilib ko’rsatiladi. 
    Har bir bosqichda kapital muayyan harakat shakliga kiradi. Birinchi bosqichda u 
    pul shaklida, ikkinchi bosqichda unumli yoki ishlab chiqarish omillari va uchinchi 
    bosqichda tovar shaklida yuzaga chiqadi. Kapital doiraviy aylanish jarayonida uning 
    har bir shakli alohida vazifani bajaradi va shunga ko’ra ular 
    kapitalning harakati 
    shakllari
    deyiladi. 
    Kapital 
    pul shaklining harakati
    iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan shart-
    sharoitlarni yaratishdan iborat. Bunga pulni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi 
    sotib olishga avanslash orqali erishiladi. Kapital 
    unumli shaklining harakati
    tovarlar 
    ishlab chiqarish va xudi shu jarayonda qiymatning o’sishiga erishishni ta’minlash 
    vazifasiga qaratiladi. 
    Kapital 
    tovar shaklining harakati
    orqali ishlab chiqarilgan tovarlar qiymatining 
    narx shaklida ro’yobga chiqishi sodir bo’ladi va o’sgan qiymatning pulga aylanishi 
    bilan tadbirkorning foyda olish maqsadi ta’minlanadi. 
    Ishlab chiqarish uzluksiz davom etishi uchun tadbirkorlik kapitali o’zining bir 
    shaklidan boshqa bir shakliga aylanib turishi va ayni paytda har uchala shaklda ham 
    mavjud bo’lmog’i lozim. Agar tadbirkorlik kapitali bu shakllarning birortasida to’xtab 
    qolgudek bo’lsa, uning harakatidagi uzluksizlik buziladi. 
    Tadbirkorlik kapitalining har uchala shakli bir vaqtda o’z doiraviy aylanishiga 
    ega bo’ladi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish