|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 228/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIolingan mablag’ (M
t
) va shu vositaning xizmat davri (X
d
) hisobga olinadi:
%
100
d
às
t
ê
àñ
í
Õ
Ê
Ì
Ò
Ê
À
.
Amortizatsiya normalari mehnat vositalari jismoniy va ma’naviy eskirishining
haqiqiy miqdorini aks ettirishi kerak. Oshirilgan normalar mahsulot tannarxini sun’iy
ravishda o’stirib yuboradi, pasaytirilgan normalar esa asosiy kapital tiklanish davrini
kechiktiradi va shu tariqa taraqqiyotga to’siq bo’ladi.
Hozirgi sharoitda amortizatsiya ajratmalari rivojlangan mamlakatlarda kapital
qo’yilmalarni moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Shunga ko’ra davlat
ko’pincha firmalarga jadallashtirilgan amortizatsiyani qo’llashga ruxsat beradi.
Jadallashtirilgan amortizatsiya ajratmalarning yuqori normalarini belgilash orqali
asosiy fondlar qiymatini nisbatan qisqaroq vaqt ichida ro’yxatdan chiqarish imkonini
beradi. Odatda jadallashtirilgan amortizatsiyani qo’llash asosiy fondlarning aktiv
qismi uchun ruxsat etiladi. Biroq, bu holat nafaqat asosiy kapitalning tezroq
yangilanishini, balki ishlab chiqarish xarajatlarini amortizatsiya ajratmalariga to’g’ri
keluvchi qismining oshib ketishiga ham olib keladi.
Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining oshishi, eng avvalo, qo’shimcha
kapital mablag’ sarfalanmasdan turib mahsulot hajmini ko’paytirishda o’z ifodasini
topadi.
Bir tomondan, milliy mahsulot yoki milliy daromadning o’sish sur’atlari bilan,
ikkinchi tomondan, asosiy kapitalning o’sish suratlari o’rtasidagi nisbat milliy
iqtisodiyot
miqyosida
asosiy
kapitaldan
foydalanish
samaradorligining
umumlashuvchi ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi.
Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
bilan asosiy kapital qiymati o’rtasidagi aloqani aks ettirib, u o’zaro bog’liq ikki
ko’rsatkich – kapitaldan olinadigan samara (K
s
) va mahsulotning kapital sig’imi (K
sig
)
ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi.
|
| |