220
YaIM
Ê
Ê
às
sig
yoki
ÌD
Ê
Ê
às
sig
.
Korxona miqyosida kapitaldan olinadigan samara darajasi asosiy
kapitalning bir so’mi evaziga korxona ishlab chiqaradigan mahsulot miqdori (M)
bilan, kapital sig’imi esa korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotning (M) bir
so’m hisobiga qancha asosiy kapital qiymati to’g’ri kelishi bilan tavsiflanadi:
às
samara
Ê
Ì
Ê
;
Ì
Ê
Ê
às
kor
sig
.
.
.
Korxonadagi mehnat vositalarining ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi
natural ko’rsatkichlar yordami bilan aniqlanadi. Masalan, bir to’quv dastgohida metr
hisobida bir kunda to’qilgan mato, bir avtomobilda bir kunda tonna hisobida tashilgan
yuk va hokazo.
Asosiy kapital (fondlar) harakati aylanma kapital va muomala mablag’lari
harakati bilan uzviy bog’liq. Shu sababli aylanma kapital va aylanma mablag’lardan
foydalanish samaradorligini aniqlash va uni oshirish omillarini ko’rsatib berish muhim
ahamiyatga ega.