227
xonadonidan sex sifatida foydalanish muqobil holatda kelishi mumkin bo’lgan
ijara
to’lovidan, ya’ni 200 ming so’mdan mahrum etmoqda. Demak, bu o’rinda tadbirkor
«ko’zga ko’rinmagan» holda 200 ming so’m sarflamoqda, ya’ni ichki xarajat
qilmoqda. Bu turdagi ichki xarajatlarga yana tadbirkorning o’zining
ish haqini, agar
oila a’zolari mehnatidan foydalansa, ularning ish haqini va shunga o’xshash boshqa
xarajatlarni kiritish mumkin.
Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo’lgan to’lov –
me’yordagi foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi
hisoblanadi. Me’yordagi foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi.