224
shakllari hamda bozor munosabatlari sharoitida ish haqi darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi
omillar ko’rib chiqiladi.
1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o’z
faoliyati
natijalaridan ko’proq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan
foyda nafaqat o’zining tovarini ancha
yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab
chiqarish va uni sotishga qilinadigan xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Tovarlarni sotish narxlari asosan korxona faoliyatiga bog’liq bo’lmagan
tashqi
sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va
tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog’liq.
Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma’lum sarf xarajatlar talab
etiladi.
Hozirda ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq etishda ikki xil yondashuv – klassik
va neoklassik yoki zamonaviy kontseptsiyalardan foydalaniladi. Klassik nazariya
yondashuviga ko’ra, ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun
amalga oshirilgan barcha
jonli mehnat, pul va moddiy sarflardir.
Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim:
1)
ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatlari yoki mahsulot qiymati;
2)
korxona (firma)ning individual ishlab chiqarish xarajatlari.