Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va 
barcha band bo’lgan resurslari miqdorini o’zgartirish uchun yetarli bo’lgan 
davrdir.
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o’zgarishini 
taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib 
farqlanishi mumkin. Misol uchun, tikuvchilik korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini 
nisbatan qisqa muddatda, masalan bir necha kunda o’zgartirish mumkin. Buning uchun 
bir necha ish stoli va tikuvchilik mashinalari sotib olish va o’rnatish kifoya qiladi. 
Mashinasozlik yoki neftni qayta ishlash zavodidagi qo’shimcha quvvatlarni ishga 
tushirish esa bir necha yilni taqozo etishi mumkin. 
Uzoq muddatli davrda barcha xarajatlar, shu jumladan, doimiy xarajatlar ham 
o’zgaruvchi hisoblanadi.
Qisqa muddatli vaqt davomida korxona o’zining doimiy (qayd qilingan) 
quvvatlariga o’zgaruvchi resurslar miqdorini qo’shib borish yo’li bilan ishlab 
chiqarish hajmini o’zgartirishi mumkin. Biroq, ishlab chiqarish quvvatlariga (doimiy 
resurslarga) qo’shilgan o’zgaruvchi resurslar ma’lum vaqtdan so’ng kamayib boruvchi 
natija (mahsulot) beradi. 
Bu holat marjinalistlar tomonidan ishlab chiqilgan 
unumdorlikning pasayib 
borishi qonuni 
orqali izohlab beriladi. Unga ko’ra, ma’lum davrdan boshlab 
korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan kapital yoki yerga) o’zgaruvchi 
resurslar birligi (masalan, jonli mehnat)ni ketma-ket qo’shib borish, har bir keyingi 
o’zgaruvchi resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchi qo’shilgan mahsulot beradi. 
Boshqacha aytganda, agar asosiy kapitalga xizmat ko’rsatuvchi ishchilar soni ko’payib 
borsa, ishlab chiqarishga ko’proq ishchini jalb qilib borish bilan ishlab chiqarish 
hajmining o’sishi tobora sekinlik bilan ro’y beradi. Bu qonunni tasvirlash uchun 
quyidagi misolni keltiramiz. Faraz qilaylik, fermer foydalanadigan yerning doimiy 
miqdoriga (masalan 20 ga) ega bo’lib, unda don yetishtiradi. Agar fermer ekinga qayta 
ishlov bermasa, har bir gektar yerdan 40 sentnerdan hosil oladi deb hisoblaymiz. Agar 
ekinga qo’shimcha bir marta ishlov berilsa, hosildorlik 50 s/ga ga qadar ko’tarilishi 
mumkin. Ikkinchi ishlov berish hosildorlikni 57 s/ga, uchinchisi - 61 s/ga, to’rtinchisi, 
aytaylik 63 s/ga ga qadar ko’tarishi mumkin. Ekinga keyingi ishlov berishlar juda kam 
yoki nolga teng bo’lgan qo’shimcha hosil beradi. 


232 
Bu yerda shuni ta’kidlab o’tish lozimki, unumdorlikning pasayib borish qonuni, 
o’zgaruvchi resurslarning barcha birligi (masalan barcha ishchilar) sifat jihatidan bir 
xil degan farazga asoslanadi. Ya’ni, har bir qo’shimcha ravishda jalb qilingan ishchi 
bir xil aqliy layoqatga, bilimga, malakaga, harakat tezligi va shu kabilarga ega deb 
hisoblanadi. 
Demak, qo’shilgan mahsulot keyingi jalb qilingan ishchi kam malakaga ega 
bo’lgani uchun emas, balki kapital (fondlar)ning mavjud miqdoriga nisbatan ko’p 
miqdorda ishchilarni band qilish sababli kamayib boradi. Bu yerda ishlab chiqarish 
omillari o’rtasidagi nisbat, mutanosiblik buzilishi sodir bo’ladi. 
Bundan ko’rinib turibdiki, unumdorlikning pasayib borishi degan qonun tabiiy 
ravishda o’zidan o’zi emas, balki omillarning boshqasi o’zgarmagani holda 
ayrimlarini ko’r-ko’rona ko’paytirib, ular o’rtasidagi mutanosiblik buzilganda sodir 
bo’ladi. 
Qulay iqtisodiy muhit tufayli, ishlab chiqarish quvvatlarining to’xtovsiz kengayib 
borishi natijasida korxona o’rtacha umumiy (yalpi) xarajatlarida qanday o’zgarish ro’y 
beradi? Dastlab qandaydir vaqt oralig’ida ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi 
o’rtacha umumiy xarajatlarning pasayishi bilan birga boradi. Ammo oxir oqibatda 
ko’proq va yanada ko’proq quvvatlarni ishga tushirish o’rtacha umumiy xarajatlarning 
o’sishiga olib keladi. Bunday hollarni samaraning kamayib borish qonuni tushuntirib 
berolmaydi, chunki uning amal qilish shart-sharoiti ishlab chiqarishda foydalanadigan 
resurslardan bittasi miqdorining o’zgarmasligi hisoblanadi. Uzoq muddatli davrda 
barcha resurslar miqdori o’zgaradi. Bundan tashqari biz tahlilda barcha resurslar 
narxini doimiy deb faraz qilamiz. Shu sababli uzoq muddatli davrda o’rtacha 
xarajatlarning o’zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o’sishining ijobiy va 
salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish