230
11.5-chizma
O’rtacha xarajatlarning egri chiziqlari
S
O’UX
O’UX
M
O’DX
0 Q
Eng yuqori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning zarur
miqdorini aniqlash zarur. Bunda iqtisodiy tahlil vositasi bo’lib so’nggi qo’shilgan
xarajat tushunchasi xizmat qiladi.
So’nggi qo’shilgan xarajat deb mahsulotning
navbatdagi birligini ishlab chiqarish bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlarga
aytiladi:
Ì
UÕ
SQÕ
;
bu yerda: SQX – so’nggi qo’shilgan xarajat;
∆UX – umumiy xarajatlarning o’zgarishi;
∆M – mahsulot miqdorining o’zgarishi.
Qo’shilgan xarajatlarni har bir navbatdagi qo’shilgan
mahsulot birligi uchun
aniqlash mumkin.
Tovar yoki xizmatlarning keyingi qo’shilgan birligini ishlab
chiqarishga to’g’ri keladigan xarajatlar o’rtacha qo’shilgan xarajatlar deyiladi.
2. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining
o’zgarish tamoyillari
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda
vaqt omili, ya’ni xarajat qilingandan
pirovard natija olinguncha o’tgan davr sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli vaqt
omilidan
kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda
alohida tahlil qilinadi.
Qisqa muddatli davr – bu korxonaning faqat
o’zgaruvchi xarajatlari
miqdorini o’zgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir.
Misol uchun, korxona mahsulotiga talab keskin oshdi, deb faraz qilaylik. Taklifning
muayyan hajmida talabning oshishi narxning ham ko’tarilishiga va, binobarin, korxona
foydasining ko’payishiga olib keladi. O’z o’rnida, ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali
korxona foyda massasini yanada oshirish imkoniga ega. Buning uchun u eng avvalo qisqa
muddatli davrdagi ishlab chiqarish xarajatlarini amalga oshiradi.
Bunday xarajatlar
qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
231
1) jonli mehnat xarajatlarini oshirish, ya’ni qo’shimcha
ishchi kuchini yollash va
ulardan foydalanish;
2) xomashyo, material, elektr energiyasi va boshqa xarajatlar miqdorini ko’paytirish;
3) nisbatan arzon va ishlab chiqarishga osonlik bilan joriy etish mumkin bo’lgan
mehnat vositalari miqdorini ko’paytirish va h.k.
Bundan ko’rinadiki, korxona ishlab chiqarish hajmini o’stirish uchun qisqa davrda
faqat o’zining o’zgaruvchi xarajatlari miqdorini o’zgartirishi mumkin bo’lib, ular qisqa
muddatli xarajatlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish bino va
inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo’lib qoladi, hamda bu
davr faqat ulardan foydalanish darajasini o’zgartirish uchun yetarli bo’lishi mumkin.