|
Boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi Pdf ko'rish
|
bet | 243/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI2. Boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi.
Ishlab chiqarishning yirik
miqyoslari shuningdek boshqaruv bo’yicha mutaxassislar mehnatidan yaxshiroq
foydalanish imkonini beradi. Birdaniga 20 nafar ishchini nazorat qilishga qodir
bo’lgan rahbarning mehnati bir necha ishchiga ega bo’lgan kichik korxonada yetarli
darajada foydalanilmaydi. Bu holatda ma’muriy apparatni ta’minlash xarajatlarini
oshirmagan holda korxona ishlab chiqarish xodimlarining sonini ikki baravar
ko’paytirish mumkin bo’ladi. Shu bilan birga, kichik firmalar boshqaruvchi
mutaxassis mehnatidan bevosita maqsadga muvofiq foydalana olmaydilar. Kichik
korxonada sotish muammolari bo’yicha mutaxassis o’z vaqtini boshqaruvning turli
sohalari – masalan, marketing, ishchi kuchi resurslarini boshqarish, moliyaviy
boshqarish bo’yicha taqsimlashga majbur bo’lishi mumkin. Operatsiyalar miqyosining
kengayishi marketing bo’yicha mutaxassis o’zini mahsulotlarni taqsimlash va sotish
ustidan nazorat o’rnatishga to’liq bag’ishlashi mumkinligidan darak berib,
boshqaruvning boshqa funktsiyalarini bajarish uchun qo’shimcha ravishda tegishli
mutaxassislar jalb etiladi. Pirovardida bu holat samaradorlikning oshishi hamda
mahsulot birligiga bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishiga olib keladi.
3. Kapitaldan samarali foydalanish.
Ko’p hollarda kichik firmalar ishlab
chiqarish jihozlaridan texnologik nuqtai nazardan nisbatan samarali foydalanishga
qodir bo’lmaydilar. Mahsulotlarning ko’plab turlarini ishlab chiqarish uchun
mashinalarni faqat juda yirik va qimmat turuvchi komplektlarda sotib olish mumkin.
Buning ustiga, mazkur mashina jihozlaridan samarali foydalanish ishlab chiqarishning
katta hajmlarini taqozo etadi. Demak, yaxshi jihozlarni sotib olish va samarali
foydalanishga faqat yirik ishlab chiqaruvchilargina erishishlari mumkin.
Misol uchun, avtomobilsozlikda ishlab chiqarishning nisbatan samarali usullari
yig’ish liniyasi uchun robot texnikasi hamda murakkab jihozlarning qo’llanishini
taqozo etadi. Mazkur jihozlarning samarali ishlatilishi uchun, ba’zi bir hisob-
kitoblarga ko’ra, yiliga 200 mingdan to 400 mingga qadar avtomobil ishlab chiqarish
hajmiga erishish lozim bo’ladi. Faqat yirik ishlab chiqaruvchilargina bunday jihozlarni
sotib olishlari va samarali foydalanishlari mumkin. Bu holat mayda ishlab
chiqaruvchilar uchun muammolarni keltirib chiqaradi. Avtomobillarni boshqa jihozlar
yordamida ishlab chiqarish samarasiz va mahsulot birligiga nisbatan ko’proq xarajatlar
qilinishiga olib keladi. Biroq, nisbatan samarali jihozni sotib olib, undan ishlab
chiqarishning kichik hajmi tufayli to’liq foydalanmaslik ham samarasiz va qimmatga
tushuvchi yo’l hisoblanadi.
|
| |