235
Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli
boshqarish bo’yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini
beradi. Bu oxir oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot birligiga ishlab
chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi.
3. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga
qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi.
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag’lar ularning pul
tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.
Aytaylik, korxonada bir oy davomida 100 ming dona «A» mahsuloti ishlab
chiqarildi. Har bir mahsulotning narxi 1000 so’m. Agar barcha mahsulotlar sotilgan
taqdirda, korxonaning bir oylik pul tushumi 100 mln. so’m (100000 × 1000) ga teng
bo’ladi.
Biroq, korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho bera
olmaydi. Chunki, bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga olinganligi aks
ettirmaydi. Shunga ko’ra, pul tushumlarining xarajatlardan ajratib olingan qismi – foyda
muhim o’rin tutadi.
Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan
keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi.
Ayrim adabiyotlarda bu
iqtisodiy foyda
deb
ham yuritiladi.
Bizning misolimizdagi korxonada «A» mahsulotni ishlab chiqarishning bir oylik
xarajatlari 60 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsin. U holda, korxonaning bir oylik foydasi
40 mln. so’m (100 mln. – 60 mln.) ga teng bo’ladi.
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o’tadi: