237
Mahsulot tannarxi (T)
Mahsulot qiymati (Q)
Bu o’rinda mahsulot tannarxini uning qiymatidan farqlash lozim. Ma’lumki,
mahsulot qiymati (Q) o’z ichiga sarflangan ishlab chiqarish vositalari qiymati (Q
IV
)
hamda yangidan yaratilgan qiymat (Q
YA
)ni to’liq oladi. O’z navbatida yangidan
yaratilgan qiymat ish haqi (IH) va yalpi foydaga (F
ya
) ajraladi. Bu holatni 11.6-chizma
orqali ko’rish mumkin.
Foyda miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi ikkinchi omil – korxona o’z mahsulotlarini
sotuvchi narx darajasi bo’lib, bu o’rinda mahsulot narxi, qiymati va tannarxi
o’rtasidagi nisbatning beshta asosiy holatini ajratib ko’rsatish mumkin (11.7-chizma).