O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

mehnat narxi
sifatida, ayrimlari esa
59
mehnat bozoridagi talab va taklifning muvozanat narxi 
sifatida talqin etadilar. 
Bunda ular asosan bozorda mehnat sotiladi degan bizningcha noto’g’ri tushunchaga 
asoslanishadi. Mehnat ishchi kuchining funktsiya qilishi, uning ma’lum maqsadga 
qaratilgan faoliyat jarayoni bo’lib, uning na qiymati, na narxi yo’qligi, bu jarayonni 
bozorga olib chiqib sotib bo’lmasligi fanda ham, real hayotda ham, iqtisodiy 
amaliyotda ham hammaga ayon bo’lgan va allaqachon isbotlangan masaladir. Shuning 
uchun buni isbotlashga harakat qilmasak ham bo’ladi. 
Lekin bu g’oyaning negizida bir ijobiy tomon borki, uni albatta hisobga olish zarur. 
Bu ham bo’lsa ular mehnatni ishchining malakasi, intensivligi va natijasi bilan bog’lashga 
harakat qilganlar. Ish haqining mazmuni to’g’risidagi turli nazariyalarni, (turli 
mamlakatlardagi va o’z mamlakatimizdagi amaliyotni) umumlashtirib, quyidagi 
xulosalarni chiqarish mumkin. 
1.
Ish haqi to’g’risidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yondashish xususiyati 
mavjud bo’lib, uning murakkab va ko’p qirrali iqtisodiy jarayon ekanligi ma’lum 
darajada e’tibordan chetda qolgan. Lekin bu nazariyalarning har birida ish haqining u 
yoki bu tomoniga to’g’ri baho berilgan bo’lib, ularda foydalanish mumkin bo’lgan 
ijobiy mazmun mavjuddir. 
2.
Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning 
erishgan darajasiga, ya’ni umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi, uning 
aholi jon boshiga to’g’ri keladigan miqdoriga bog’liq bo’ladi. Chunki shu 
mahsulotlarning bir qismi mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi. Shuning 
uchun ham u turli mamlakatlarda turli miqdorlarda bo’ladi. 
3.
Ish haqining miqdori ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga, ishchining 
o’zini, oila a’zolarini boqishga yetadigan darajada bo’lishi lozim. 
4.
Ish haqining miqdori va darajasi ishchi kuchining malakasi, uning mehnati 
unumdorligi bilan bog’liq bo’ladi. 
58
Qaralsin: Makkonnеll K.R., Bryu S.L. Ekonomiks: Printsipi, problеmi i politika. T.2. – M.: Rеspublika, 1992, 156-b.; 
Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеb. dlya stud. vissh. uchеb. zavеdеniy/ Pod rеd. V.D.Kamayeva. M.: Gumanitar. izd. 
tsеntr VLADOS, 2004, 175-b. 
59
Qaralsin: Kurs ekonomichеskoy tеorii. Uchеb. posob. pod rеd. Chеpurina M.N., Kisеlеvoy ye.A. Kirov, izd-vo 
«ASA», 1995, 233-b.; Tojiboyeva D. Iqtisodiyot nazariyasi: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun o’quv qo’llanma. – T.: 
«O’qituvchi». 2002, 227-b. 


247 
5.
Ish haqining darajasi har bir firma yoki korxonada ishlab chiqarishning 
erishgan darajasi bilan, ya’ni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va bir 
ishchiga to’g’ri kelgan miqdori bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham u mehnat 
miqdori, malakasi bir xil bo’lsa-da, turli korxonalarda turlicha miqdorda bo’lishi 
mumkin. 
Ushbu xulosalardan keyin ish haqining mazmuniga ta’rif berib aytish mumkinki, 

Download 8,58 Mb.
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish