• Nominal ish haqi – bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi.
  • Real ish haqi – bu nominal ish haqi summasining qanchalik tovarlar va xizmatlar miqdorini sotib olishga yetadigan quvvatidir
  • ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet256/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    ish haqi
    – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va 
    unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir.
    Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy mahsulot bilan 
    chambarchas bog’liqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi.
    Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat 
    sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol 
    me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlashdan iboratdir. 
    Albatta ishchi kuchini takror hosil qilishda ish haqidan tashqari foiz, renta, foyda, 
    dividend, turli imtiyozlar va nafaqalarning ham roli bor. Ish haqining mazmunini to’laroq 
    tushunish uchun nominal va real ish haqi tushunchalarini bilish zarurdir. 
    Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki 
    unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu 
    sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. 
    Nominal ish haqi – bu ma’lum vaqt 
    davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi.
    Misol uchun, 
    mexanika zavodi ishchisi yanvar oyida 200 ming so’m, fevral oyida 190 ming so’m, 
    mart oyida 220 ming so’m ish haqi oldi. Bular nominal ish haqi hisoblanadi. 
    Real ish haqi
    – bu nominal ish haqi summasining qanchalik tovarlar va 
    xizmatlar miqdorini sotib olishga yetadigan quvvatidir
    . Boshqacha aytganda real 
    ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyatidir. O’z-o’zidan aniqki, real 
    ish haqi nominal ish haqi miqdoriga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) 
    narxiga bog’liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, 
    nominal ish haqiga to’g’ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining 
    darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha 
    tasvirlash mumkin: 
    Ð
    V
    V
    í
    p


    bu yerda: V

    – real ish haqi; V

    – nominal ish haqi; P – iste’mol buyumlari va 
    xizmatlarning narx darajasi. 
    Bizning misolimizda ishchining nominal ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral 
    oyida 95 foizni, mart oyida 110 foizni tashkil etgan edi. Real ish haqi darajasining 
    o’zgarishini aniqlash uchun esa iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi 
    to’g’risida ma’lumot zarur bo’ladi. Aytaylik, narx darajasi yanvar oyiga nisbatan 
    fevralda 1,08, martda esa 1,2 baravar oshgan bo’lsin. U holda ishchining real ish haqi 
    fevralda 176 ming so’mni, mart oyida esa 183 ming so’mni tashkil etadi. Ya’ni, 
    ishchining real ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 88 foiz, mart oyida 91,5 
    foiz darajasida bo’ladi.


    248 
    Real ish haqining darajasiga tovarlar va xizmatlar narxidan tashqari belgilangan 
    soliqlar miqdori va boshqa turli sharoitlar ham ta’sir qiladi. Masalan, soliq turlari va 
    miqdori qancha ko’p bo’lsa real ish haqi shuncha pasayadi, yoki aksincha.
    Nominal ish haqi ishchining ishlab topgan pul daromadi darajasini, real ish haqi 
    esa uning iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi. 
    Ish haqi aholi daromadlarining asosiy tarkibiy qismlaridan birini tashkil qilib, u 
    istiqbolda ham o’zining yetakchi rolini saqlab qoladi. 
    O’zbekiston iqtisodiyotida keyingi yillardagi o’rtacha nominal hisoblangan ish 
    haqi miqdorlarini quyidagi jadval ma’lumotlari orqali ko’rish mumkin (12.1-jadval). 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish