243
Ish haqining mazmunini to’g’ri tushunib olish uchun eng avvalo yaratilgan milliy
mahsulotning taqsimlanish tartibi to’g’risida tasavvurga ega bo’lish lozim.
Mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotning (tovar va xizmatlarning) taqsimlanish
tamoyillari bo’yicha turlicha nazariyalar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga doir
adabiyotlarning ko’pchiligida «uch omil» deb nomlanuvchi nazariya keng tarqalgan.
Bu nazariyaning asoschilaridan biri frantsuz olimi J.B.Sey
«ishlab chiqarishning
uch omili»
degan g’oyani ilgari surib, unda tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat, yer
va kapital bab-baravar qatnashadi, ular hamma daromadlar manbaidir va binobarin
daromadlar ham shu omillar o’rtasida taqsimlanadi, deb ko’rsatadi.
Uning bu g’oyasi amerikalik iqtisodchi olim J.B.Klarkning