242
8. Yalpi foydaning taqsimlanish tartibini tushuntirib bering. Mulkchilik va
xo’jalik yuritish shakllarining turliligi foydaning taqsimlanish tartibiga qanday ta’sir
ko’rsatadi?
9. Foyda massasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni izohlab bering.
10. Ishlab chiqarish resurslari tarkibidagi quyidagi o’zgarishlardan qaysilari uzoq
muddatli davrdagi xarajatlarga kiradi:
a) kompaniya neftni qayta ishlovchi yangi uskunani o’rnatadi;
b) korxona yana 200 ishchini yollaydi;
v) fermer o’z uchastkasida qo’llaniladigan o’g’it miqdorini ko’paytiradi;
g) fabrikada uchinchi smena joriy qilinadi.
11. Sarflarning quyidagi turlari xarajatlarning qaysi turkumiga tegishli ekanligini
aniqlang: mahsulot reklamasiga sarflar, korxona chiqargan zayomlar bo’yicha foiz
to’lovlari; xom ashyoga sarflar, ko’chmas mulkka soliq to’lovlari, boshqaruv xodimlari
maoshi; ishchilarga ish haqi to’lovlari; amortizatsiya ajratmasi.
12. Quyidagi keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib foyda normasini har ikkala
usulda hisoblang: umumiy foyda – 250 ming so’m; ishlab chiqarish xarajatlari – 1250
ming so’m; avanslangan mablag’lar (asosiy va aylanma kapital) – 2500 ming so’m.
Natijalarni taqqoslab, izohlab bering.